OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
F-20 03 GURUH TALABASI
Satimova Dilafruzning
“FIZIKANI O’QITISH METPDIKASI” DAN
KURS ISHI
MAVZU: ELEKTR BO’LIMI MAVZULARINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI. MUNDARIJA I.Kirish………………………………………………………………3 II.Asosiy qisim……………………………………………………………. 2.1.Didaktik tamoyillar va uni fizikani o’qitishda qo’llanilishi……4 2.2.”Elektr va magnetizm” bo’limini o’qitish strukturasi…………10 2.3.”Elektr va magnetizm” bo’limi ma’ruza mashg’ulotlari………15 III.Xulosa…………………………………………………………………….21 IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...22 V.Taqdimot…………………………………………………………………..
I.KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:”Elektr va magnetizm” bo’limi tabiatdagi elektr va magnetizm hodisalarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o’rganishdan iborat, shuningdek umumiy fizika kursining keyingi bo’limlari-optika, atom fizikasi va nazariy fizikaning elektrodinamika qismini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu fandan olingan bilimlar va ko’nikmalar, ” Radioelektronika asoslari”,elektrodinamika fanlarini nazariy amaliy jihatdan o’rganish uchun, hamda fizika fanini bir qator maxsus kurslarini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Fanni o’rganishdagi asosiy vazifafalar ma’ruza ,amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan foydalaniladi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: ”Elektr va magnetizm” bo’limi tabiatdagi elektr va magnetizm hodisalarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o’rganishdan iborat
1.Fizika ta’limiga oid didaktik va metodik adabiyotlarni o’rganish;
2.Zamonaviy shakl va uslublardan foydalanish;
3.“Elektr va magnetizm” bo’limi tabiatdagi elektr va magnetizm hodisalarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o’rganish;
4.“Elektr va magnetizm” bo’limini o’qitishda pedogogik texnologiyalardan foydalanib talabalarni bilimini mustahkamlash;
5.Ta’lim jarayonida fizika kursining mazmuni va strukturasini aniqlash hamda sistemali takomillashtirib borish.