Kurs ishi mavzu: elektr bo’limi mavzularini o’qitishning nazariy asoslari. Mundarija



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (4)

Kurs ishi mavzusining vazifasi:
1.Didaktik tamoyillar va uni fizikani o’qitishda qo’llanilishi
2.”Elektr va magnetizm” kursini o’qitish strukturasi
3. ”Elektr va magnetizm” bo’limi ma’ruza mashg’ulotlari


Kurs ishining hajmi: Kirish qismi,asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, taqdimot va 22 betdan iborat.
II.ASOSIY QISM
2.1. Didaktik tamoyillar va uni fizikani o‘qitishda qo‘llanilishi
Bugungi kunning fizika o‘qituvchisi fizika fanidan mukammal bilimga ega bo‘lishi bilan birgalikda u zamonaviy o‘qitish qonuniyatlaridan ham chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur. Fizikadan o‘quv jarayonini tashkil etishda didaktik qoidalarga amal qilingandagina o‘qitish samarali bo‘lishi mumkin. Ta’lim nazariyasi bilan didaktika fani shug’ullanadi. Didaktika faniga birinchi bo‘lib chex mutafakkiri YA.A. Komenskiy asos soldi va o‘zining “Buyuk didaktika” (1630-yil) asarini yaratdi. Keyinchalik Didaktika asoslari J.J. Russo, I.G. Pistolosum, V.Disterverg, K.D. Ushinskiylar tomonidan rivojlantirildi. Didaktika tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
*Ta’limning ilmiyligi va elementarligi.
*Ta’limning sistematikligi.
*Nazariya bilan amaliyotning birligi.
*Ta’limning onglilik va ijodkorligi.
*Ko‘rgazmalilik tamoyili
*Ta’limning mustahkamlik tamoyili.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining ilmiyligi zamona talabidan kelib chiqib, u o‘quv dasturlarida va darsliklarda o‘z aksini topadi. Jamiyatning rivojlanishi, fizika faninnig kengayib borishi bilan umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fizika fani mazmuni ham yangilanib boradi. Fizika fani sohasida yangi-yangi kashfiyotlar qilinmoqda, ammo ularning barchasini maktab dasturiga kiritishning imkoni yo‘q. Shuning uchun fizika fani sohasida qilinayotgan yangiliklarning eng muhimlari tanlab olinib o‘quvchilarning yoshini e’tiborga olgan holda bayon etilishi lozim. Elementarlik deganda, o‘quv mavzusini siyqalashtirish, yuzakilashtirish deb tushinmaslik kerak, o‘quv mavzusining ilmiyligini saqlab qolish bilan birgalikda, uni zamonaviy o‘quv vositalari va usullar yordamida o‘quvchi tushunadigan tarzda bayon etish lozim. Tushunarlik yoki elementarlik tamoyilini oshirish uchun o‘qituvchidan oddiydan murakkabga, konkret narsadan abstrakt narsaga o‘tish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tayyorgalik darajasini hisobga olishni taqozo etadi.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin