Kurs ishi mavzu: elektr bo’limi mavzularini o’qitishning nazariy asoslari. Mundarija



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə7/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (4)

Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: Jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bog’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari
O’qitishni tashkil etish shakllari: Dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: Tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: Kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: O’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, quyilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: O’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
1.Elektrostatika. Elektr zaryadi va uning xossalari. Elektr zaryadlarining o’zaro ta’siri. Kulon qonuni. Nuqtaviy zaryad haqida tushuncha. Zaryadlarning xalqaro (SI) va SGS birliklar sistemasida o’lchov birliklari. Zaryadlarning chiziqiy, sirtiy va hajmiy zichliklari. Elektr maydoni. Elektr maydon kuchlanganligi. Superpozitsiya prinsipi. Elektr dipoli. Elektr maydonni grafik ravishda tasvirlash. Kuchlanganlik chiziqlari va uning oqimi. Gauss teoremasi. Elektr maydonini hisoblash. Elektrostatik maydonda bajarilgan ish. Elektr maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyasiyasi haqidagi teorema. Potensial. Potensiallar farqi. Potensiallar gradiyenti. Elektr maydonida o’tkazgichlar. Elektr sig’im. Sig’im birliklari. Kondensatorlarning sig’imi. Elektr maydon energiyasi va uning zichligiElektr maydonida dielektriklar. Dielektriklarning qutblanishi. Qutblanish vektori. Muhitning dielektrik singdiruvchanligi va qabul qiluvchanligi. Ikki dielektrik muhit chegarasida qutblanish va induksiya vektorlari, hamda elektr maydon kuchlanganligi chiziqlarini sinishi. Dielektrik kristallarning elektr xususiyatlari.
2. O’zgarmas elektr toki. Elektr toki va uning xarakteristikalari. O’tkazuvchanlik elektr toki, qarshilik va uning temperaturaga bog’liqligi. Om qonunining differensial ko’rinishi. Berk zanjir uchun Om qonuni. Elektr yurituvchi kuch. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan zanjirlarning hisoblashni xususiy hollari. Elektr tokining ishi, quvvati va issiqlik ta’sirlari. Tok manbaining foydali ish koeffisiyenti.
3. Doimiy toklarning magnit maydoni. Moddaning magnit xususiyatlari. Magnetiklar. Toklarning o’zaro magnit ta’siri. Magnit maydon induksiya vektori. Tok elementi. Bio-Savar-Laplas qonuni. Magnit maydon kuchlanganligi. To’g’ri tok va aylanma toklarning magnit maydon kuchlaganligini hisoblash. Solenoidning o’qi bo’ylab magnit maydon kuchlanganligini taqsimlanishi. Parallel toklarning o’zaro magnit ta’siri. Tok kuchining birligi-Amper. Magnit oqimi. Magnit maydonda tokli kontur. Magnit maydon kuchlanganligining sirkulyasiyasi. Magnit maydonda tokli o’tkazgich. Amper kuchi. Magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaga ta’sir etuvchi kuch. Lorenskuchi. Xoll hodisasi. Harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaning magnit maydoni. Moddalarning magnit xususiyatlari. Molekulyar toklar. Magnitlanish vektori. Dia-para-ferromagnetiklar. Para- va diamagnetizmni tushuntirilishi. Ferromagnetiklar. Ferromagnetiklarni magnitlanish jarayoni. Gisterezis sirtmog’i. Qoldiq magnitlanish va koersetiv kuch. Ferromagnetizmning tushuntirilishi. Domenlar nazariyasi haqida tushuncha.
4. Elektromagnit induksiya hodisasi. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari. Lens qonuni. Elektromagnit induksiyaning asosiy qonuni.
O’zinduksiya hodisasi. Induktivlik. Solenoidning induktivligi. Muhitning magnit doimiysi. O’zinduksiya natijasida zanjirda tokning yo’qolishi va tiklanishi. Magnit maydon energiyasi. O’zaroinduksiya.
5. Elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar. Xususiy elektr tebranishlar. Tebranish konturi. So’nish bo’lmagandagi elektr tebranishlar. Xususiy elektr tebranishlar tenglamasi. So’nish bo’lgandagi elektr tebranishlar. Majburiy elektr tebranishlar. O’zgaruvchan elektr toki. Kvazistasionar tok. O’zgaruvchan tok generatori. O’zgaruvchan elektr toki zanjirida aktiv qarshilik, sig’im va induktivlik. O’zgaruvchan tok uchun Om qonuni. Vektor diagrammalar usuli. O’zgaruvchan tokning quvvati, ishi. Tok va kuchlanishning effektiv qiymatlari. O’zgaruvchan tok zanjirlarida tarmoqlanish. Kuchlanish va toklar rezonansi. Elektr tokini masofaga uzatish. Transformatorlar. Elektr va magnit maydonlarni o’zaro bog’liqligi. Elektromagnit maydon. Maksvell postulatlari. Uyurmali elektr maydoni. Siljish toki. Maksvell tenglamalari. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit to’lqinlarning xususiyatlari, ularning ko’ndalang to’lqin ekanligi. To’lqin energiyasi. Poynting vektori. Elektromagnit to’lqinlarni hosil qilish. Gers tajribalari. va hokazolarning tuzulishi va ish prinspi asosida yotadi. Bas shunday ekan ,,Elektr va magnetizm” kursini ta’limning barcha turdagi pog’onalarida zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida, chuqur o’qitish bugungi kunda oliy ta’lim professor o’qituvchilari oldida turgan dolzarb vazifadir.



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin