2.2. «Elektr va magnetizm» kursini o’qitish strukturasi. Fizika fanini o’rganishning asosini umumiy fizika fani, shu jumladan, uning bo’linmas qismi bo’lgan “Elektr va magnetizm” kursi tashkil qiladi. Fan mavzularini chuqur o’rganish, elektr va magnetizm hodisalari bilan bog’liq bo’lgan fundamental va amaliy masalalarni yechishda, murakkab elektr jihoz asboblarni yaratishda va keng qo’llanilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
1.Elektr va magnetizm fanining asosiy qonunlari, analitik formulalarining, fizik jarayonlarning mazmuni va ma’nosi bilishi tushiniladi. Elektr va magnit hodisalarni grafiklarda tahlil qilish. Fizik kattaliklar ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslash. Fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashni o’rgatish.
2.Umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish. Fizik masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida matematik hisoblash usullarini qo’llay bilish va ularni nostandart masalalarga tadbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish.
3.Oddiy elektr zanjirlarni tuza bilish, o’lchashlarni bajarish va natijalarni bir necha usullarda hisoblash, xatoliklarini aniqlash. Murakkab elektr o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydalanish malakalariga ega bo’lishini ta’minlash.
Fan umumiy fizika kursining mexanika, molekulyar fizika bo’limlaridan so’ng o’qitiladi. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi:Mazkur fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan fanlar “Matematik tahlil,” “Vektor asoslari” va “Kompleks sonlar nazariyasi», umumiy fizika kursining “Mexanika”, “Molekulyar fizika”, hamda ta’lim yo’nalishining boshqa fanlari bilan uzviy bog’liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni:Fan bo’yicha olingan bilimlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Elektronika”, “Fizika – texnika”, “Issiqlik fizikasi”, “Amaliy fizika” ilmiy tekshirish institutlarida va “Fanon” hamda “Foton” ishlab chiqarish birlashmalarida talabalarni yetarli bilim va tajribalariga tayangan holda ishlar olib borishda muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Elektr va magnetizm» fanini o’qitishda elektr va magnit hodisalar qonunlarini namoyishi, o’quv kino filmlari, kompyuterlashtirilgan multimediyalardan foydalanish. Internet tarmog’idan ko’rgazmali materiallardan, shuningdek ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin.
“Elektr va magnetizm” kursini yondoshuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishini nazarda tutadi.