Kurs ishi mavzu: elektr bo’limi mavzularini o’qitishning nazariy asoslari. Mundarija



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə5/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (4)

Ta’limning mustahkamlik tamoyili: O‘quvchilarning fizikadan o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamligi ta’limning eng asosiy talabi hisoblanadi. Uni qanday amalga oshirish mumkin? Muayyan sistemada, mantiqan izchillikda berilgan o‘quv materiali o‘quvchilar ongida uzoq saqlanadi. Shuning uchun fizikani o‘qitish jarayoni yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilishi lozim. Yangi pedagogik texnologiya asosida sistemali tahlil usuli yotadi. Mustahkam va chuqur bilimga ega o‘quvchilargina mustaqil fikrlash, mavzuga ijodiy yondashuv kabi qobilyatni egallaydilar. O‘quvchilarga zamonaviy bilim berish uchun ularni fizika fanining keyingi paytda erishgan yutuqlaridan xabardor qilish zarurdir. Fizika fanining keyingi yutuqlaridan eng asosiylarini o‘quvchilar tushuna oladigan tarzda berish FO‘M fani zimmasiga tushadi. Bu muammo o‘quv dasturlarida, darsliklarda yoritilib boriladi.
Yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi. Respublikamizda ta’lim sistemasi isloh qilinmoda. «Kadrlash tayyorlash milliy darsturi» va «Ta’lim to‘g’risidagi» qonunlarda ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni, ta’limning yangi uslubi va shakllarini tadbiq etish ko‘zda tutiladi. Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi 1960-yillarda rivojlangan mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Angiliya, Italiyada joriy etila boshlangan edi. Ushbu mamlakatlarning pedagogik tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi pedagogik texnologiyalar o‘zining hayotiyligini har tomonlama namoyon etmoqda. YAPT tushunchasi sanoatdagi texnologik jarayondan bilvosita analogiya sifatida olingan. YAPT da yagona ta’rif mavjud emas hozirgi kunda unga 15 ga yaqin ta’rif berilgan. Shular ichida “YUNESKO” tomonidan berilgan ta’rif ancha mukammal hisoblanadi: “Pedagogik texnalogiya” bu inson va texnika imkoniyatlarining o‘zaro ta’siri va aloqasini hisobga olib o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llashning eng maqbul yo‘llarini aniqlashning sistemali usulidir”. Texnologiya lotin tilidan olingan bo‘lib techno- san’at, mahorat, ko‘nikma, Logos-ta’limot, tayyorlash degan ma’nolarni anglatadi. YAPT ning asosida sistemali tahlil turadi. Ta’lim jarayoni sistema deb qaralsa, sistemaning tarkibi va stukturasini aniqlash YAPT ning asosiy vazifasi hisoblanadi. U zamonaviy o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish, o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash, o‘qitishning yangi samarali vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘quv jarayonini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ta’lim jarayonini ham sanoat texnologiyasi darajasiga ko‘tarish, ya’ni bajaruvchining shaxsiga bog’liq bo‘lmagan holda texnik hujjatlar talablariga to‘la rioya qilinganda sifati kafolatlangan mahsulot chiqarishga erishish zamon talabi hisoblanadi. Bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan pedagogik jarayon rus pedagogi A.S. Makarenko qayd etganidek “Bizda ta’lim hech qachon mantiq asosida qurilmagan, balki hamma vaqt axloqiy targ’ibot mantig’i asosida qurilgan.” Shu bois bizda ishlab chiqarishning muhim bo‘limlari umuman yo‘q. Pedagogikada sanoatdagi kabi qayta tiklanadigan siklni yaratish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki o‘quv maqsadlarining rang-barangligi, ta’lim mazmunining elementlari va o‘quv materialining xilma-xilligi, ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari va boshqa ko‘pgina omillar ta’lim jarayonini samaradorligiga xalaqit beradi. Ta’lim jarayoni murakkab, ochiq boshqariladigan, nochiziqli dinamik sistema hisoblanadi. Sistemali tahlil asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdan ko‘zga tutilgan maqsad: birinchidan, o‘quvchilarning darsda faolligini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi xislatlarini shakllantirish uchun o‘qituvchilarni noan’anaviy o‘qitish usullari bilan qurollantirish, ikkinchidan, o‘quvchilarni sezgi, idrok, tasavvur, hissiyot, xarakter kabi ichki ruhiy faoliyatini kuchaytirish orqali o‘qish va o‘rganishning noan’anaviy usullari bilan tanishtirish. Texnologiya tushunchasi bilan bog’liq ravishda texnologik xarita atamasi yuzaga keldi. Texnologik xarita-texnologik hujjatning shakli bo‘lib, unda ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlari, O‘TV, darsliklar, reyting, baholash mezonlari, unga sarflanadigan vaqt, o‘qituvchilar kvalifikatsiyasi va hokazolar qayd etiladi. Pedagogik texnologiya ilmiy pedagogik konsepsiyaga asoslanadi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun u didaktik, ruhiy, ijtimoiy pedagogik, falsafiy tamoyillarga asoslanadi. Pedadgogik texnologiya sistemasida ketma-ketlik, o‘zaro bog’liqlik saqlanadi. YAPT ta’lim sistemasidagi o‘ziga xos innovatsion yondashuv hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirini boshidan kechirmoqda. U psixologiya, kibernetika, sistemalar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa fanlar bilan integrallashib bormoqda. Natijada ta’lim va tarbiyaning insonning ichki qobilyatlariga asoslangan samarali usullarini amaliyotga keng qo‘llash imkoniyatlari yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, YAPT lar rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tib o‘zining hayotiy ekanligini namoyon etmoqda. Buning yaqqol isboti ushbu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyotini yuksak darajada rivojlanib borayotganligi hisoblanadi. Ta’lim sistemasiga YAPTni joriy etish orqali quyidagi muammolarni yechishga imkoniyat yaratiladi:
1 . Bo‘lajak fizik o‘qituvchilarni YAPTning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish.
2. Talabalarni xorijiy, MDH va O‘zbekistonda YAPT lar sistemasini shakllantirishda to‘plangan tajribalar bilan tanishtirish.
3.Bo‘lajak o‘qituvchilarga fizika fanini o‘qitish jarayonini loyihalashtirishni o‘rgatish.O‘quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish.
O‘qucvhilar bilimini va malakasini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini
tuzish uslubiyati bilan qurollantirish. YAPTni joriy etish bo‘yicha AQSHda pedagogik texnologiya (1961-yil), Angliyada “Pedagogik texnologik va dasturlashtirilgan ta’lim” (1964) Yaponiyada “Pedagogik texnologiya” (1965) Italiyada shu nomdagi jurnallar 1971-yildan boshlab chop etilmoqda. 1999-yil dekabr O‘zR xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari qoshida “Yangi pedagogik texnologiya” markazlari tashkil etildi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin