A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1. tuban o‘simliklar
organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib 
chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. 
Evolutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha ba’zi 
birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban o‘simliklar bir hujayrali, 
kolo niya hosil qiluvchi va ko‘p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi 
to‘qima va organlarga ajralmagan. Shuning uchun ularning tanasi 
qattana
yoki 
tallom
deb ataladi (20- betdagi 9- rasm).
Bir hujayrali o‘simliklarda tirik organizm uchun xos bo‘lgan barcha 
tiriklik xususiyatlari bitta hujayrada amalga oshadi. Koloniyali holda 
yashov chi o‘simliklar bir va ko‘p hujayralilar orasida turuvchi organism-
lar hisob lanadi. Bunday organizmlar ayrim hujayralar to‘dasidan ibo rat 
bo‘lib, mustaqillikni saqlab qolgan holda hayotiy tomondan bir-birlari 
bilan bog‘lanishda bo‘lishi kuzatiladi. Ko‘p hujayrali tuban o‘simliklarda 
esa hujayralar o‘rtasidagi hayotiy vazifalar o‘zaro taqsimlangan bo‘ladi. 
Tuban o‘simliklarga misollar keltiring.
2. Yuksak o‘simliklar
evolutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadi. 
Ko‘pchilik yuksak o‘simliklarda poya, barg va ildiz kabi
vegetativ or-


20
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
ganlar rivojlangan, shuningdek, to‘qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. 
Ular 
poyabargli o

simliklar
deb ataladi (10- rasm). Ko‘p hujayrali o‘sim-
liklarning tana si turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xildagi 
hujayralardan tashkil topgan. Hujayralari bir-biridan shakl va tuzilishi 
jihatdan farq qiladi. Hujayralarning takomillashishi va ixti soslashishi 
tufayli ularda barcha hayotiy
jarayonlar ya’ni, oziqlanish, nafas olish, 
o‘sish, ko‘payish va boshqalar sodir bo‘ladi. Yuksak o‘sim liklarga misollar 
keltiring. 
Ulotriks
Qobiq
Xromatofor
Sitoplazma
Yadro
Umumiy ko‘rinishi
Kattalashtirilgan 
holatdagi ko‘rinishi
Qobiq
Xromatofor
Yadro
Nitella
Ulva
Spirogira

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin