A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Respublika maqsadli kitob jamg‘aRmasi mablag‘laRi



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Respublika maqsadli kitob jamg‘aRmasi mablag‘laRi 
hISoBIdAN IjArA uchuN chop eTIldI.


 
KIrISh
Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha ikki: «bios» — hayot, 
«logos» — ta’limot so‘zlarining qo‘shilishidan kelib chiqqan. Bu fan tirik 
orga nizmlar — bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar hamda 
odamni o‘rganadi.
«Biologiya» darsligi hayot haqidagi barcha asosiy qonunlar to‘g‘ri-
sidagi bilimlarni o‘rgatadi. Biologik jarayonlar va hodisalarning mohiya-
tini ochish bilan bog‘liq ajoyib yutuqlar bilan tanishtiradi. Tirik orga-
nizm larning asosiy xusu siyatlari va ularning xilma-xilligini hayotiy 
misollar orqali ko‘rsatadi. Biologiya tirik tabiat to‘g‘risidagi bilimlar 
tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki, bu fan-
da ilgari o‘rga nilgan dalillar tarixiylik nuq tayi nazardan ma’lum tizim-
larga keltiri ladi va ularning yig‘indisi organik olam ning asosiy qo-
nuniyatlarini aniq lashga imkon yaratadi. Darslikni o‘qish borasida siz 
organik olamning xilma-xilligi va tirik orga nizmlarning tuzilmalari 
bilan tanishasiz. organizmlarning individual rivoj lanishi va ko‘payishi, 
rivojlanish jarayonining o‘zi ga xos tomonlarini tushu nishni, irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik hodisa lari ning qarama-qarshiligi, o‘za ro bog‘liqligini, 
assimilatsiya hamda dissimilatsiya jarayonlari va bosh qalarni o‘rgana-
siz. Tirik tabiatning qancha lik xilma-xil va murakkab bo‘lishi dan qat’i 
nazar, siz uni o‘r ga nish bilan bog‘ liq bo‘lgan aniq dalillarga ega bo‘la-
siz. Hozirgi kun da biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot 
usul lari dan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va 
eks pe ri mental usullar kiradi.
Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan bo‘lib, uning yordamida har 
qan day biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Keyinchalik bu 
usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney 
juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Kuzatish usuli bugungi kunda ham 
o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Tirik organizmlarning miqdor va si-
fat ko‘rsat kich larini ta’riflashda ko‘p qo‘llaniladi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin