6 ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI I BO‘LIM Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi
hujayraviy tuzilishga ega hamda o‘xshash kimyoviy elementlar va
moddalardan iborat. Yirik sut emizuvchi hayvon kit ham, mayda chivin
ham hujayralardan tuzilgan.
Hujayra tiriklikning barcha xossalarini o‘zida
mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir.
organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo
moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Ba’zi bir moddalar organizm tomonidan
o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar, aksincha, tashqi muhitga chiqarib
yuboriladi. Bunda murakkab jarayonlar kuzatilib, natijada oddiy
moddalardan murakkab moddalar hosil bo‘ladi, ular o‘z navbatida
organizmning tana tuzilishi uchun sarflanadi.
Yoki murakkab moddalar oddiy moddalarga parchalanishi mumkin,
bunda organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya ajralib
chiqadi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi,
o‘sishi va ishlashini ta’minlaydi.
Barcha tirik mavjudotlar
oziqlanadi . oziqlanish tashqi muhitdan
ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. ozuqa barcha tirik organizmlar
uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi
va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, moddalar va energiya
manbayi hisoblanadi. Tirik organizmlar o‘z hayot faoliyatini saqlab
turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo‘ladi. Energiya
nafas olish jarayonida ozuqa moddalardan ajralib chiqadi. Moddalar
almashinuvi natijasida organizmlarda keraksiz moddalar ham to‘planishi
mumkin. Bunday moddalar odatda zaharli moddalar hisoblanib, ularni
organizmdan chiqarib yuborish
ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik
organizmlar
o