Sayyoramizdagi tirik mavjudotlar juda xilma-xildir.
Bunga ishonch hosil
qilish uchun Vatanimizning cho‘l, adir, tog‘ va yaylovlari yoki o‘tloqzor,
to‘qayzorlari, dala va bog‘larini sayr qilish kifoya. Qolaversa, Afrika, Janubiy
Amerikadagi tropik o‘rmonlarni ko‘z oldimizga keltiraylik.
Shubhasiz, ushbu
hududlarda son-sanoqsiz o‘simliklar, hasharotlar,
qushlar va sut emizuvchi
hayvonlar tarqalgan. Turli-tuman mikroorganizmlar bir tomchi suvda yoki
tuproqning ayrim bo‘lakchalarida hayot kechiradi.
Ular juda xilma-xil o‘lchamga, rangga, hulq-atvorga va boshqa ko‘pgina
xususiyatlarga ega. Ularning barchasi birgalikda
tirik organizmlar
deb ataladi.
organizm — mustaqil hayot kechiradigan mavjudotdir.
Nima uchun biz zamburug‘, lola, quyon, baliq va bo‘rilarni tirik orga -
ni zm lar deb qaraymiz,
aksincha, qum zarrachasi, kometa, muzlagan suv
kabi larni esa jonsiz tabiatning tarkibiy qismlari deb hisoblaymiz?
Jonsiz tabiat dagi jism tashqi muhit ta’sirida o‘zining sifat ko‘rsatkichlarini
asta yo‘qotib boradi. U o‘zgarishlarga uchrab, yangi sifat belgilarni hosil qiladi.
Masalan,
qoya yemiriladi, metall oksidlanishi natijasida zanglaydi. Jonsiz
jismlarda tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir ularning yemi rilishiga olib kelsa,
aksincha, tirik organizmlardagi oqsil tiklanadi, ya’ni u tiriklikning asosiy omili
hisoblanadi.
1- §. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari
I bob
Tirik va jonsiz tabiatning o‘xshashligi hamda farqlari
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
BO‘LIM
I
Tirik va jonsiz tabiatning
o
‘
xshashligi hamda farqlari
Organizmlarning xilma-xilligi