A12-modul. Nutq madaniyati «Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi


-mavzu: Nutq madaniyati va uslubiyat



Yüklə 210 Kb.
səhifə5/10
tarix19.01.2023
ölçüsü210 Kb.
#79675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12-mavzu

9-mavzu: Nutq madaniyati va uslubiyat.
O‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Jonli so‘zlashuv uslubi. Adabiy til uslublari: ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. Ushbu uslublarning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy uslubning keng qamrovliligi. Uning tarmoqlanishi: poetik nutq, dramatik nutq, nasriy nutq kabilar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


10-mavzu: Tilning tasviriy vositalari
Ko‘chimlar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ironiya, ironiyaning nutq emotsiyasini tashkil etishdagi o‘rni. Ekspressiv-emotsional leksika. Sintaktik figuralar: inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq, takrorlarning nutq ta’sirchanligini ta’minlashdagi ahamiyati.
Badiiy nutqda adabiy til me’yorlaridan ma’lum maqsadda chekinishga yo‘l qo‘yilishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
2-modul. Mutolaa san’ati
11-mavzu: Mutolaa va voizlikning G‘arb madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.
Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan, nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand-nasihat – didaktikaga asoslanishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


12-mavzu: Mutolaa va voizlikning SHarq madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.
Mutolaa san’ati arabcha «mutolaa – o‘qish, o‘qib o‘rganish» ma’nolarni anglatishi, voizlik esa SHarq va G‘arbda boshqa-boshqa tushunchalar o‘laroq talqin qilinishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


13-mavzu: Lirik janrlarda marom va ohang.
Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham maqom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratish. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. She’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.



Yüklə 210 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin