A12-modul. Nutq madaniyati «Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi



Yüklə 210 Kb.
səhifə3/10
tarix19.01.2023
ölçüsü210 Kb.
#79675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12-mavzu

Lirik janrlarda marom va ohang.
Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham maqom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratish. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. SHe’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.


Dramada ritm va ohang.
Dramatik asarda ritm va ohangning etakchi mavqeda turishi. Dramatik asardagi muallif nutqi asosiy ritm va ohang regulyatori vazifasini bajarishi. Qahramonlararo dialogda, monolog va ichki nutq talqinida notiqlik san’atiga xos marom o‘zgarishlarining muqarrarligi. Shu nuqtai nazardan voizlik va dramatik janrlar mustahkam aloqaga ega bo‘lishi.


Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.
Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.


Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi.
Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi. Bunda jumla va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi. Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalarini bajarishi. Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib etishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv komponent vazifasini bajarishi.


Ritorika va zamonaviy adabiyot.
Ritorika, mutolaa zamonaviy adabiyot rivojini ta’minlovchi, o‘quvchi va badiiy asar munosabatini mustahkamlovchi vosita ekanligi, badiiy asarni o‘qish, tushunish, tushuntirish jarayonida ritorika mezonlarining ulkan ahamiyat kasb etishi. Zamonaviy epik, dramatik, lirik janrlarga xos semantik-struktural mohiyat bevosita mutolaa san’ati va ritorika bilan bog‘liqligi.



Yüklə 210 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin