1.Xarajatli yondashuv – baholash uchun obyektiv ma’lumotlardan foydalaniladi , ammo texnologiyaning daromad keltirish qobilyati hisobga olinmaydi
2.Qiyosiy yondashuv- baholash natijalari bitimlar asosida kafolatlanadi, ammo ma’lumotlarning yetishmasligi yoki topilmasligi mumkin
3.Daromad yondashuvi- texnologiyaning daromad keltirish qobiliyati hisobga olinadi, ammo kelgusi daromadlarni prognozlash juda mushkul hamda ko‘pincha subyektiv qarorni anglatadi.
-3- Biz aktivni qiymatini daromadli yondashuvdan foydalanib baholayotganimizda tadbirkorlik faoliyati kabi maqsadlar uchun ishlatish yo‘li bilan aktivdan kutilgan daromadlar darajasiga qarab baholaymiz. Daromadni buxgalteriya hisobi bo‘yicha hisoblab chiqilgan yilga nisbatan emas, balki kompaniyaga pul oqimlarining haqiqiy kelib tushgan davriga ko‘ra hisoblanimizda, kompaniya daromadining joriy qiymati aniqroq va haqqoniy tarzda hisoblab chiqishimiz mumkin bo‘ladi.
Bir necha yillar mobaynida yig‘ilgan soliq to‘lagandan keyingi daromadlar odatda, o‘sha davr uchun pul oqimlariga deyarli teng miqdor hosil qilib, farqi unchalik bilinmasada, lekin bu farqlar yilma-yil taqqoslanganda juda katta bo‘ladi. Buning sababi, daromad kompaniyaning haqiqiy pul oqimini aks ettirmaydi, lekin kompaniyaning haqiqiy ish faoliyatini to‘g‘ri tushunish uchun qo‘llaniladigan buxgalteriya qoidalariga muvofiq hisoblab chiqiladi. Buxgalteriya qoidalariga rioya qilish paytida daromad miqdori tegishli pul oqimi miqdoridan chetga chiqishga intiladi.
Daromad yondashuvi asosida aktivlar qiymatini baholash usullaridan amaliyotda qo‘llanilgan holatlar quyidagi misollarda keltirilgan:
Aksiya bahosini yoki ulushning bozor qiymatini baholash;
AQSH tomonidan vakolatlangan ko‘plab davlatlardagi yer uchastkasini yoki boshqa mol-mulkni baholash.
Daromad yondashuvi aktivning ijobiy qiymatiga yoki daromad keltirish qobiliyatiga yo‘naltirilgan. Bu iqtisodiy jihatdan eng maqbul baholash usuli hisoblanib, aktivlarni sotib olish jarayonida tuzilgan bitimlarni baholash jarayonida haqqoniy asosni yaratishga imkoniyat beradi.
Daromad yondashuvi-texnologiyaning daromad keltirish qobiliyati hisobga olinadi, ammo kelgusi daromadlarni prognozlash juda mushkul hamda ko‘pincha subyektiv qarorni anglatadi.