1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat talablari O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat`iy nazar, quyidagi ta`lim muassasalariga qo`llaniladi:
davlat maktabgacha ta`lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo`lgan «Mehribonlik» uylari.
2. Maktabgacha ta`lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari, maktabgacha ta`lim turlari bo`yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |