Abdukodirova guzalning



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə7/55
tarix13.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#57835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Abdukodirova guzalning

inklyuziv ta`lim — bolalarning alohida ta`lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta`lim va tarbiya olinishini teng ta`minlovchi jarayon;

«Men» kontseptsiyasi — bolani o`zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;

refleksiv faoliyat — bolada o`z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.

4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o`tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilғor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta`lim tizimida ma`nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.

5. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta`lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilash;

milliy, umuminsoniy va ma`naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta`lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

ta`lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta`minlash.

6. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

bolaning noyobligi;

«Men» kontseptsiyasi va shaxsiy ta`limini yaratishda bolaning faol roli;

bolaning huquqlarini himoya qilish va ta`minlashning muhimligi;

bola ta`limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo`lib, individual variativlik asosida yondashish.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin