Abdukodirova guzalning


-bob. Davlat talablarining tarkibi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə8/55
tarix13.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#57835
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Abdukodirova guzalning

3-bob. Davlat talablarining tarkibi

7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko`zda tutadi va bola rivojlanishiga ko`maklashadi.

Davlat talablari tuғilgandan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo`lingan. Har bir rivojlanish sohasi o`z o`rnida kichik sohalarga bo`lingan bo`lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko`rsatkichlaridan) iborat.

8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo`yicha belgilanadi:

jismoniy rivojlanish va soғlom turmush tarzining shakllanishi;

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari;

bilish jarayonini rivojlanishi;

ijodiy rivojlanish.

9. «Jismoniy rivojlanish va soғlom turmush tarzining shakllanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi:

yirik motorika;

mayda motorika;

sensomotorika;

soғlom turmush tarzi va xavfsizlik.

10. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi:

«Men» kontseptsiyasi;

hissiyotlar va ularni boshqarish;

ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

11. «Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi:

nutq va til;

o`qish malakalari;

qo`l barmoqlari mayda motorikasi.

12. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi:

intellektual-anglash malakalari;

elementar matematik malakalar;

tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.

13. «Ijodiy rivojlanish» soha quyidagi kichik sohalarga bo`linadi:

dunyoni badiiy tasavvur etish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlar.

14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

go`daklik (tuғilgandan 1 yoshgacha);

erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);

o`rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);

katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);

maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).

15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan.

16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan.




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin