ertak, hikoya, mul’tfil’mlar qahramonlariga hamdardlik bildiradi;
quvonch, qayғu kabi hissiy holatni tushunadi;
o`z kechinmalari va hissiyotlarini namoyon etadi («menga yoqadi», «men yoqtirmayman») ;
boshqa bolaning hissiyotlarini aniqlaydi va so`z bilan ifoda etadi;
boshqalarga hamdardlik bildiradi;
syujetli-rolli o`yinlarda ishtirok etadi;
o`z oilasi haqida so`zlar ekan, nima yoqishi va yoqmasligi haqida gapiradi.
|
bolalar bilan o`yin davomida samimiy munosabat bildiradi; va o`z o`yinchoqlari bilan o`rtoqlashadi;
kattalar bilan eslatmasiz salomlashadi va xayrlashadi;
o`z harakatlariga baho beradi;
kattalarga murojaat qiladi va o`z fikrini bayon qiladi;
sovғa va bayramlarga quvonadi.
|
asosiy hissiyotlar sababini tushunadi;
kimnidir xafa qilsa, o`zini aybdor xis qiladi;
yaxshi yoki yomon xulqqa baho bera oladi;
o`yin mobaynida ғoliblikdan quvonishni biladi;
yaqin insonlari va do`stlari bilan o`z hissiyotlari va kechinmalari bilan o`rtoqlashadi;
qo`rquv va xavfni tushunadi;
tushunarli asarlarni qiziqish bilan tinglaydi va ularga hissiyotlarini namoyon etadi.
|
o`z hissiyotlari nazorat qiladi;
turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;
o`z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;
boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi;
o`zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.
|