Qani aytinglarchi bolajonlar:
Tarbiyachi: - Qani bolajonlar men tayyorlab qo’ygan markazlarga joylashing (Bolalar “Nutq va til”, “Qurish yasash, konstruksiyalash, matematika markazi”, “San’at, “Ilm-fan va Tabiat”,” “Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish” markazlariga o’z xohishlari bo’yicha joylashadilar)
- Bayram dasturida nimalarni ko’rdingiz?
- Mustaqil davlat deganda qanday davlatni tushunasiz?
(o’zgerbi, o’z madhiyasi, o’z bayrog’i, o’z tili, o’z chegarasi bor davlat).
To’gri, mustaqillik sharofati bilan ozod, erkin bo’ldik. O’z davlat tilimizga ega bo’ldik. Biz boyliklarimizni xalqimiz baxt-saodati, manfaati yo’lida foydalanish xuquqiga ega bo’ldik.
Biz qanday boyliklarga egamiz (paxta, neft, toshko’mir, oltin, pul)
Tarbiyachi: 30 yil uncha katta muddat bo’lishiga qaramay, O’zbekiston Respublikasi dunyoga mustaqil davlat bo’lib tanildi.
Hozirgi kunda mustaqil O’zbekistonning bayrog’i xilpirab turibdi. Bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini juda ko’p mamlakatlar tan oldi.
Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb, madxiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururidir. O’zbekiston davlat ramzlari haqida kim she’r biladi.
Dostları ilə paylaş: |