3
rd
Global Congress on Contemporary Science and Advancements
Hosted From New York USA
www.econferenceglobe.com
50
TECHMIND-2021
ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA
PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ
Xurramov Mansur Musurmon o‘g‘li
Nizomiy nomidagi Toshkent
pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya
:
Yetuk olim va pedagog o‘z davrida Abdulla Avloniy o‘zining
yangi
jadid harakatlari , pedagogik qarashlari orqali ta’lim va fan
sohasi hamda dars jarayoniga bir qancha o‘zgarish va yangilanishlar
olib kirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Uning pedagogik qarashlari
asosida maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida
interaktivlik, faollik, o‘zaro hurmat va tarbiya masalalariga o‘z
yechimini topadi. Abdulla Avloniy yozgan bir qancha pedagogik
asarlarida ham tarbiya va odob-axloq tamoyillari va ta’lim
sohasiga
jiddiy etibor beradi. Ushbu maqola davomida biz Abdulla Avloniy
pedagogik qarashlari hamda uning asarlaridagi
tarbiya masalasini
o‘rganamiz.
Kalit So‘Zlar:
«Ikkinchi muallim», obrazli ifodasi, ilm, g’oyaviy to’liqlik,
o‘zbek pedagogikasi, milliy istiqlol.
Milliy
istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz
ma`naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy
aks ettirgan tarixiy badiiy
hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh
avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek
adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat ‘‘Adabiyot
yoxud milliy
she`rlar’‘ hamda ‘‘Birinchi muallim” , ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq” , ‘‘Ikkinchi muallim” ,
‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o'qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun
manba bo'la oladi. Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga
sodda va tushunarli yetkazishi alohida e`tiborni tortadi.
Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy
o'qib chiqish va unda
ilk darslikka xos tuzilmani, g’oyaviy to’liqlikni, kitoblardagi o’ziga xos
xususiyatlarni o'rganib chiqish zarur.
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz
birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo‘lar,
desak xato bo‘lmas.
Kitob maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi:
Maktab sizi inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g‘ami vayron qilur,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot
sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi. Abdulla Avloniyning pedagogikaga
oid asarlari ichida
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish
sohasida katta ahamiyatga molikdir. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy
tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-
axloq haqida fikr yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr