3 rd Global Congress on Contemporary Science and Advancements Hosted From New York USA www.econferenceglobe.com 51
yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar,
bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur», - deydi.
Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va
bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega.
O‘zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya»,
ya'ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta'rif berdi. Tabiiy bunday ta'rif Avloniyning pedagogika
fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda
quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr
tarbiyasi». 4.«Axloq tarbiyasi» haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.
«Tarbiyaning zamoni» bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota -
ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi. «Al-hosil tarbiya bizlar
uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur» deb uqtiradi,
Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydi adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha
bosqichdan - uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning
doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi
navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha,
sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur.
«Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq,
o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir». Abdulla
Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa,
bolani fikr tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e'tibor beradi. «Turkiy
guliston yoxud axloq» kitobi ma'rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda
ilm to‘g‘risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun
g‘oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi
ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt
kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni
jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon
fe'llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz,
salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz
ilma bog‘lidur»2.
Adibning obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni qo‘lga
kiritish uchun mehnat qilish, ya'ni chaqib uni po‘chog‘idan ajratib olish kerak. U ilmning jamiyat
taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga,
hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat
manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir. A.Avloniy o‘z ilmini
amalda qo‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarining «Yomon xulqlar» qismi 18 bobdan iborat.
Muallif insonning bunday xulqlarini «saodati adabiyadan mahrum, hayoti jovidonimiz uchun
masmum bo`lgan axloqi zamimalar...» deb ataydi. A. Avloni kishilarning ham ijobiy xuldarini,
ham salbiy xulldarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi. U «Bu sanalgan yomon
xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go`zalligini insof muvozanasi ila
o`lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak yomonlarini onglab,
hozir qilmak lozimdur», deydi. A. Avloniy qazabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri
dushmandan o`zini, millatini mudofaa qilishda insonning qazabi muhim ahamiyatga ega bo`lsa,
ikkinchisi birovni jabrzulm yo`li bilan ishlatish, odamlarga sovuq muomilasi bilan dahshat
solishdan iborat bo`lgan salbiy xususiyatdir. hilm - yumshoq tabiatlilik bilangina g`azabning
oldini olish mumkin. A. Avloniy bu haqda Imom Shofe`i havzratlarining so`zlarini keltiradi:
«Qilich va nayza ila hosil bo`lmagan ko`p ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo`lur,
azabning zarari egasiga qaytur», - demishlar. A. Avloniy asarning «Yomon xulqlar» qismida yana
bir nihoyatda muhim masalaga e`tiborni qaratadi. Bu «Jaholat» va «Aqsomi jaholat» boblaridir.