Аbdullа аvloniy ijodi



Yüklə 310,52 Kb.
səhifə5/7
tarix22.12.2023
ölçüsü310,52 Kb.
#189418
1   2   3   4   5   6   7
ABDULLA AVLONIY O\'ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING ILK NAMOYONDASI. KURS ISHI OPACHA

2.2.“Turkiy Guliston yoxud axloq” asari tahlili
«Turkiy guliston yoxud axloq» 1913 yilda yozilgan bo`lib, u axloqiy-ta`limiy asardir. Muallif bu kitob boshlanishiga «Man xastayamu millatim o`lmish nega bemor?» degan ritorik so`roq qo`ygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat qilgan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari «Axloq», «Tarbiya», «Yaxshi xulqlar», «Yomon xulqlar» deb nomlangan qismlarga bo`linadi.
Abdulla Avloniyning fikricha, inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi.:
«Aql, — deydi Avloniy, — insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, ruh ishlovchi, aql boshlovchidur. ...insonni hayvonlardan so`z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql va idroki soyasida o`ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo`ynidan boylab, iplarining uchini qo`llariga bergan insonlarning aqlidur». Avloniy insonga va uning aqliga ana shunday yuksak baho beradi. «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar aqlingni qo`li nafsingni jilovini ushlasa, sani yomoni yo`llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko`p bo`lsa, bahosi arzon bo`lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko`paysa, shuncha qimmatbaho bo`lur».
«Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi ma`rifatparvarlik g`oyalarini targ`ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to`g`risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong`ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma`rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe`llardan, buzug` ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g`ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog`lidur».
Adibning obrazli ifodasiga ko`ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag`iz. Uni qo`lga kiritish uchun mehnat qilish, ya`ni chaqib uni po`chog`idan ajratib olish kerak.
U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo`lida qo`llanmasa, u o`likdir. A.Avloniy o`z ilmini amalda qo`llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
Abdulla Avloniy o`tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to`g`ri kelmaydigan ishlar bilan shug`ullanayotganini ko`rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni boylikka ruju qo`ymaslikka undaydi. Boylikni o`tkinchi bulutga o`xshatadi.
Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon sifatlarning ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni ulug`laydi, mehnat kishining eng go`zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan uning «Aqlli bog`bon» hikoyasi xarakterlidir.
Hikoyada aytilishicha: «bir bog`bonning uch o`g`li bo`lib, ular dangasa va ishyoqmas bo`lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo`q. Ota umri tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O`ylab-o`ylab shunday yo`l tutadi. Har uchchala o`g`lini yoniga chorlaydi. «Ko`zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay. Mehnatu mashaqqat ila bir ko`za oltin yiqqanman. Uni mana shu boqqa, toklarning birini tagiga ko`mganman. U — sizlarniki. Biroq bu ishga ko`p yil bo`ldi. Harchand urinsam ham ko`milgan joyni xotirlay olmadim. Uni o`zlaringiz izlab topinglar va o`zaro bo`lishib olinglar», deydi. Bir ko`za tilla daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadi. Bog`ning hamma yerini kovlab chiqishadi. Sirli ko`za chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar. Kutilgan natija esa hamon yo`q. Shu taxlit bog` ichi bir necha qayta ag`dar-to`ntar qilinadi. Yerlar qazilaverib, tuprog`i upaga aylanib ketadi hamki, oltinli ko`za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizlarigacha ochib ko`riladi. Bog`da o`sha yili chunonam hosil bo`ladiki, undan bir necha ko`zani to`ldirgulik oltin oladilar.» Uch dangasa o`g`illar ota gaplarining asl ma`nosini, oltin — mehnatda ekanligini tushunib yetadilar».
Adib o`sha hikoyachasi bilan mehnatni ulug`la ydi, o`quvchi qalbida mehnatga muhabbat uyg`otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat orqaligina yetishishini uqtiradi.
Abdulla Avloniy o`z asarida sabr, toqat, sabot va matonat masalalariga to`xtab, «Har bir ishda sabr ila harakat qilmoq lozimdur. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdir, maqsadga yetish yo`lidir. Nafsni sabr ila rom qilgan kishi har ishda oshiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, g`ururdan saqlar. Sabr shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g`azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu`ga, yomonlikni yaxshilikka aylandurmoqg`a quvvati yetar... Sabr shodlig`ning kalitidur...».
Avloniy intizomni inson xarakterini tarbiyalovchi, mukammallashtiruvchi manba, deb biladi, hamda unga doim rioya qilish kerakligini ta`kidlaydi: «Intizom qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o`z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo`lmasa edi, insonlar bir daqiqa yashay olmas edilar. Har bir millatning taraqqiysi va toliysi ishlarini vaqtida, nizomdan chiqarmay tartibi ila yuritilmoqg`a bog`liqdur... Chunki tartib va nizomni rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o`zlari parishon bo`lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerda, o`zlari tinch va rohatda o`tkarurlar».
Vatan tuyg`usi eng insoniy va eng mo`tabar tuyg`ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas, uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq u bilan faxrlanmoq kerak. Avloniy Vatan va uning oldidagi burchni shunday tushunadi:
«Har bir kishining tug`ulib o`sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug`ilgan, o`sg`on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi — tuyg`usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o`z vatanidan — uyuridan ayrilsa, o`z yeridagi kabi rohatda yashamas...
Biz turkustonliklar o`z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig`imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho`llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o`z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi», — deydi Avloniy.
Asarda diyonat, sa`y va g`ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat, oliyhimmatlik va shu kabi yuksak axloqiy tushunchalar, zulm, nifoq, ta`ma, xasad, loqaydlik, g`iybat, xaqorat, uyatsizlik, namimat(chaqimchilik), adovat kabi yomon xulqlar millat va vatan saodatiga e`tiborsizlik va bepisandlik bilan bog`langan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan.
«Amerikaliklar bir dona bug`doy ekub, yigirma qadoq bug`doy olurlar. Ovrupolilar o`zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni kelturib, o`zimizga yigirma besh tiyinga soturlar! Ammo biz osiyolilar, xususan, turkistonlilar dumba sotub, chandir chaynaymiz. Qaymoq berib, sut oshiymiz, non o`rniga kesak tishlaymiz!» degan fikrlar ulug` adib Abdulla Avloniy asr boshidayoq vatan ravnaqi, xalq saodati va millatga sodiq farzandlar tayyorlash zarurligi xususida nechog`lik chuqur va teran mushohada yuritganini ko`rsatib turibdi. Bu - o`zlikni anglash, o`z qadrimizga yetish, istiqlolni qo`lga kiritish uchun aytilgan dadil va jasur fikrlar edi.
Abdulla Avloniy shu asarida: «Har bir millatning dunyoda borligini ko`rsatadurg`on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmak millatnshng ruhini yo`qotmakdur», - deb ham qayg`uradi. Kezi kelganda muallif hadislarga mo`l-mo`l murojaat etgan, Qur`oni karimdagi ulug` falsafiy kalomlardan unumli foydalangan. Ayniqsa Iskandar, Suqrot, Arastu, Aflotun, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa`diy kabi tarixiy shaxslar bilan bog`liq naqllar, ixcham rivoyatlar, hikoyalar asar jozibasiga joziba qo`shgan.
Аbdullа Аvloniy o`zbek jаdid аdаbiyotining yirik nаmoyandаlаridаn biri bo`lib, ХХ аsr so`z sаn`аtimiz tаrаqqiyotigа o`zigа хos hissа qo`shgаndir.
Аbdullа Аvloniy Toshkentning Mergаnchа mаhаllаsidа to`quvchi Mirovlon аkа oilаsidа tug`ildi. Mа`lum bir muddаtdаn so`ng oilа Mirobodgа ko`chаdi. Bo`lg`usi аdib eski mаktаbdа, so`ng mаdrаsаdа tаhsil olаdi. U mustаqil mutolаа bilаn ko`p shug`ullаnаdi. Rus tilini yaхshi bilgаni uchun Orenburg, Qozon, Tiflisdа chiqib turgаn gаzetа-jurnаllаrni kuzаtib bordi. Qisqа muddаt ichidа ziyolilаr orаsidа u mа`rifаtpаrvаr sifаtidа tаnildi vа o`lkаdаgi ijtimoiy-mаdаniy hаrаkаtchilikning fаol nаmoyandаlаridаn birigа аylаndi. Uning bu fаoliyatini 1904 yili Miroboddа usuli-sаvtiya mаktаbini ochishdа ko`rishimiz mumkin.
Хаlqning mаdаniy sаviyasini oshirishdа mаtbuot muhim o`rin tutаdi. Аvloniy bu sohаdа hаm o`z bilimini, kuchini sinаb ko`rdi. U 1907 yili “SHuhrаt” nomli gаzetа chop ettirаdi. Orenburgdа yashirin surаtdа nаshr etilаdigаn “Soldаt” nomli ruschа gаzetаning muhim siyosiy tаshviqotlаrini tаrqаtishdа “SHuhrаt” gаzetаsi ko`p fidokorlik ko`rsаtgаn. 1906-1917 yillаr Аvloniy ijodiy fаoliyatidа kаttа burilish yasаdi. U keng ommаni mа`rifаtli qilishdа, ijtimoiy-ozodlik tuyg`ulаrini kurtаk yozdirishdа judа kаttа jonbozlik ko`rsаtdi. 1909 yildа do`stlаri ko`mаgidа u mаktаb-mаorif ishlаrigа yordаm ko`rsаtuvchi “Jаmiyati хаyriya” ochdi, “Аdаbiyot yoхud milliy she`rlаr” nomli 4 qismdаn iborаt she`riy to`plаmining 1 juzvini nаshr qildirdi. 1913 yili u teаtrchilik ishlаrigа kirishib ketdi. Uning g`аyrаt vа tаshаbbusi bilаn “Turon” teаtr truppаsi tаshkil etildi. Uning а`zolаri 25 kishidаn iborаt edi. Ulаrdаn G`ulom Zаfаriy, SHokirjon Rаhimiylаr хаlqqа tаniqli edilаr. Ungа 1916 yili kelib qo`shilgаn Mаnnon Uyg`ur vа SHаmsiddin SHаrаfiddinovlаr (Хurshid) o`zbek teаtr mаdаniyatining аsoschilаridаn bo`lib qoldilаr. Truppа 1915 yili “Zаhаrli hаyot”, “Bахtsiz kuyov” kаbi drаmаlаrni sаhnаlаshtirdi. Аvloniy o`z truppаsi yanаdа tаkomillаshuvi uchun peshqаdаm ozаrbаyjon vа tаtаr drаmаturgiyasigа murojааt etdi. 1914-16 yillаr dаvomidа Аliаsqаr Аsqаrov (ozаrbаyjon), Zаki Boyazidskiy (tаtаr) bosh rejissyor bo`lib ishlаdi. Аvloniy o`zi hаm truppа uchun sаhnа аsаrlаri yozаdi. SHu tаriqа uning “Pinаk” (1915), “Аdvokаtlik osonmi?” (1916) komediyalаri mаydongа keldi. 1914-16 yillаr dаvomidа truppа Fаrg`onаdа bo`lаdi, ulаrning bu tаshrifi mаhаlliy mаtbuot sаhifаlаridа e`lon qilingаn edi.
«Turkiy guliston yohud axloq»ning birinchi sahifasidan to so`nggi sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g`oyalari ifodalangan. U hammadan burun xalq manfaatini ko`zlaydi, xalqqa bajonu dil xizmat qilishni o`zining muqaddas burchi deb biladi. Uning nazarida kishilar g`amini yemagan, xalqdan uzoq turgan ig`vogar, g`iybatchi inson emas.
Muallif chaqimchilik, g`iybat, hasad, munofiqlik, yolg`onchilik, ikkiyuzlamachilik haqida to`xtalib, ularning insonlar hayotiga zararini atroflicha ko`rsatib beradi.
G`iybatchi va chaqimchi kishilarni Avloniy buzoqboshiga o`xshatadi. Buzoqboshi daraxt ildizini kemirib quritgani kabi chaqimchi va g`iybatchilar ham kishilar o`rtasidagi mehr-muhabbat daraxtini yemiradilar. Donishmandlardan biri aytganidek, «Mol va ashyo o`g`rilaridan ko`ra odamlar orasida do`stlik, ulfat, muhabbatni o`g`irlaydurgan odamlardan saqlanmoq lozimdir».
Avloniy g`iybatchilik va uning oqibatini shunday tahlil etadi: «Inson boshqa gunohlarini nafsning lazzati uchun qiladur. Ammo g`iybat sohibi lazzat o`rniga o`z boshiga yo bir boshqa kishining boshiga bir balo hozirlaydur. Chunki, so`z borib g`iybat qilinmish kishining qulog`iga yetar. G`azab qoni harakatga kirar. G`iybatchidan o`ch olmoq fursatini poylar. Shunday qilub, g`iybat soyasida ikki musulmon orasiga zo`r dushmanlik tushar. Oxiri o`lumgacha borur. Shul tariqa g`iybatdan tug`ulgan adovat cho`zulmoqg`a oid bo`lib, dushmanlik zo`rayub, o`z oralaridagi xususiy janjallar ila aziz umrlarini uzdirub, umumiy xalq foydasi uchun ishlanadurgan milliy ishlardan mahrum bo`lmaklari ila barobar aholining orasidan ittifoqning yo`qoluviga sabab bo`lurlar».
G`iybatni so`ylamoq harom o`lgani kabi eshitmoq ham haromdir.
Rasuli akram nabiyi muhtaram sallolohu alayhi vassalam afandimiz:
«G`iybatdan saqlaningiz, g`iybat zindondan ham yomonroqdur»3, — demishlar.
O`sha kitobida avloniy har bir kishi o`z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo`lsa, o`z shogirdlarining ko`ngliga ma`rifat ishqini solishi, xalq o`rtasiga ma`rifat tarqatishi zarurligini ta`kidlaydi.
Abdulla Avloniy 1917 yil to`ntarishidan keyin, 1918 yildan boshlab respublikamizda o`qituvchilar uyushmasi, qrovullar, tunukachilar, ko`nchilar, hunarmandlar va bosmaxona xodimlarining kasaba uyushmalarini tashkil qilib, ularga rahbarlik qiladi. Sobiq eski shahar ishchi dehqon Sovet Ijroiya Komitetiga rais qilib saylanadi. Avloniy Turkiston respublikasi milliy Komissariyatining mas`ul xodimi sifatida milliy urf-odatlar va yangicha madaniy normalar hamda qonunlarga doir masalalar bilan shug`ullanadi.
1919—1920 yillarda Avloniy Afg`onistonning Hirot shahrida Sovet elchixonasida bosh konsul bo`lib ishladi. Xalqimiz o`rtasida birodarlikni mustahkamlash sohasidagi olib borgan ishlari uchun Afg`oniston shohi Omonullaxon tomonidan kumush soat bilan taqdirlandi. Bular Avloniyning tariximizdagi o`ziga xos o`rni borligini ko`rsatadi. 20-yillarda Avloniy turli ijtimoiy vazifalar bilan birga muallimlik kasbini ham davom ettirdi, savodsizlikni tugatishda faol qatnashdi. Abdulla Avloniy 1920 yildan boshlab Toshkentda tashkil qilingan o`lka bilim yurtida, so`ngra xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi. U xalq maorif institudida, turkfront harbiy maktabida (harbiy bilim yurti) o`qituvchi bo`lib ishladi. 1924—29 yillarda O`rta Osiyo Davlat universitetida (SAGU) va boshqa oliy o`quv yurtlarida o`qituvchilik qilish bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi.
Abdulla Avloniy yangi adabiyot dasturi asosida 1933 yilda o`zbek maktablarining VII sinflari uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzdi.
Abdulla Avloniyning mehnati yuksak taqdirlanib, unga o`zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda, uzoq yillik halol mehnati uchun 1925 yilda «Mehnat qahramoni» unvoni, 1930 yilda mehnatsevarligi, ilmiy ishlari va asarlari uchun «O`zbekiston maorifi zarbdori» unvoni berildi.
Abdulla Avloniy 1934 yilning 25 avgustida Toshkentda vafot etdi.



Yüklə 310,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin