Аbdullа аvloniy ijodi



Yüklə 310,52 Kb.
səhifə1/7
tarix22.12.2023
ölçüsü310,52 Kb.
#189418
  1   2   3   4   5   6   7
ABDULLA AVLONIY O\'ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING ILK NAMOYONDASI. KURS ISHI OPACHA




MAVZU: ABDULLA AVLONIY O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING ILK NAMOYONDASI.
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………...
I.BOB. ABDULLA AVLONIY O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTINI BOSHLOVCHILАRDАN BIRI EKАNLIGI……………………………………..
1.1. Abdulla Avloniyning hayoti haqida ma’lumot………………………………….
1.2. Abdulla Avloniy publisistika sohasidagi izlanishlari…………………………...
II. BOB. ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA AXLOQIY QARASHLARINING AKS ETISHI………………………………………………
2.1. Abdulla Avloniyning darsliklarining yaratilish tarixi…………………………...
2.2.“Turkiy Guliston yoxud axloq” asari tahlili…….………………………………..
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………...
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...
KIRISH
«Alhosil tarbiya bizlar uchun yo hayot,
yo mamot, yo najot, yo halokat,
yo saodat, yo falokat masalasidur».
(A. Avloniy)
Mavzuning dolzarbligi. Jahon adabiyotida, shu jumladan, o`zbek adabiyotida ko`plab ta`limiy-tarbiyaviy masalalar hayvonlar, qushlar, hasharotlar tilidan, ya`ni majoziy timsollarda beriladi. Mashhur «Kalila va Dimna», «To`tinoma», «Zarbulmasal»lar buning yorqin misolidir.
Bunday tasvir usuli insonlardagi salbiy xususiyatlarni keskin qoralash, ijobiy fazilatlarni targ`ib qilishda muhim vosita vazifasini bajargan. A.Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ushbu ta`sirchan usuldan mohirona foydalangan, ya`ni undagi matnlarning 20 tasi masal janriga mansubdir.
Muallif darslikdagi hikoya va masallarning barchasida ikki qarama-qarshi qutb ­ yaxshilik va yomonlik, ahillik va xudbinlik, mehnatsevarlik va dangasalik kabi ijobiy va salbiy xususiyatlarni bir-biriga muqoyasa qiladi, xulosa ­ «qissadan hissa»da esa ularni xolisona baholaydi. «Ikkinchi muallim»da bolalarning saviyasi, yoshlari o`sganligini hisobga olgan: ulardagi she`rlar va nasriy hikoyalar shaklan va mazmunan, ilgari surilgan masalalar ko`lami «Birinchi muallim»dagiga nisbatan ancha keng.
Mana shunday didaktik masallardan biri «Arslon bilan ayiq» asaridir. Bir kuni Arslon bilan Ayiq do`stlashib ovga chiqadilar, yugurib-yelib oxiri bir kiyikni tutadilar. Endi yemoqchi bo`lib turganlarida oralarida janjal chiqadi. Arslon: «Men kattaman, menga ko`proq tegishi kerak», - deydi. Ayiq: «Men ko`proq harakat qildim, yelib-yugurdim, sen bir joyda qarab o`tirding, shuning uchun sergo`sht joyi menga tegishi kerak», - deydi.
Janjal urushga aylanadi, ularning ahvoli shu darajaga yetadiki, hatto qimirlashga ham majollari qolmaydi. Bundan xabar topgan bir necha bo`rilar tayyor go`shtni pok-pokizasiga urib, suyaklarini qoldirib ketadilar. Bu janjalkash urushqoqlar bir-birlariga afsus bilan shunday der edilar: «Agar bunday urushmaganimizda og`zimizdagini oldirmagan va ulardan qolgan quruq suyakni chaynamagan bo`lar edik». Muallif janjankashlikni qattiq qoralaydi, hamjihatlikni esa ulug`laydi.

Yüklə 310,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin