Abdulla Oripov mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta boshladi.Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o’tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining e’zozlanishi shoirning Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixiy taqdirida o’ynagan buyuk rolini ko’rsatuvchi “Sohibqiron” she’riy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi.

Adib ijodida, bir tomondan, G’afur G’ulom lirikasiga xos falsafiylik ko’zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she’rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi.

Mazkur ikki manba shoir she’rlarida o’zaro tutashgan holda orifona she’riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi. Ijodkor ning songi yillar lirikasida tuyg’u va kechinmalar tasviri susaymagan holda yana bir muhim fazilat bor. Bu,adib she’rlariga liro-epik tasvir unsurlarining ko’plab kirib kelishidir.