Dante “Ilohiy komediya”sining “Do’zax” qismini, A.S.Pushkin,N.A.Nekrasov, T.G. Shevchenko, L. Ukrainka, R.Hamzatov, Q.Quliyev va M.Bayjiyev asarlarini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. O’z navbatida, uning asarlari ham rus, ingiliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbayjon kabi ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Abdulla Oripov she’ryati tog‘risida
Abdulla Oripov she’ryati tog‘risida
A.Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanalardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari o'zbek she'riyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini
beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz-
laridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta
olganidan ayrim misralarining o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi.