Abdulla Qahhor hikoyalarida ayollar gender muammolarga munosabati Yoki Abdulla Qahhorning lisoniy imkoniyatlari Yoki Abdulla Qahhor hikoyalarida badiiy til mahorati



Yüklə 24,23 Kb.
tarix29.06.2023
ölçüsü24,23 Kb.
#135511
Abdulla Qahhor hikoyalarida til mahorati


Abdulla Qahhor hikoyalarida ayollar gender muammolarga munosabati
Yoki
Abdulla Qahhorning lisoniy imkoniyatlari
Yoki
Abdulla Qahhor hikoyalarida badiiy til mahorati
(“Dahshat” hikoyasi misolida)
ANNOTATSIYA
Badiiy adabiyot tilini o‘rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari har doim ham dolzarb masala sifatida qaraladi. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir. Mazkur maqolada yozuvchining jamiyatda ayollarga bo‘lgan munosabat va ular hayotidagi ayrim jihatlarning tahlili va talqini masalalari borasida tahlillar o‘rin olgan.
Kalit So‘zlar: badiiy til, adabiy til, obraz, obrazlilik, personaj, kontrast, epik, badiiyat, xarakter, lisoniy, gender


KIRISH
Har qanday milliy til kabi o‘zbek tili ham o‘zbek millatini birlashtiruvchi, uning milliy ruhini ifodalovchi vositadir. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko‘rsatadurg’on oinai hayoti til va adabiyotidur. Millliy tilni yo‘qotmak, butun bir millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Ona tili bu millatning ruhidir. Ona tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. Badiiy adabiyot tilini o‘rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko‘pdan buyon filologlar tomonida tahlil etib kelingan. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir.
Abdulla Qahhorning til mahorati haqida adabiyotshunos olim O.Sharafiddinov quyidagilarni yozgan edi: “Abdulla Qahhorning tili o‘zi bir katta olam. Bir marta bu olamga kirgan odam undagi mislsiz go‘zallikning asiri bo‘lib qoladi, u olam tufayli o‘zbek tili deb atalmish ona tilimizning nafisligiga, aniqligiga, rangdorligiga, ma’nodorligiga, har qanday nozik tuyg’uni, har qanday murakkab kechinmani ifodalay oladigan qudratiga qoyil bo‘ladi. Abdulla Qahhor ishlatgan so‘zlar, yaratgan jumlalar tilimizning boyligini o‘zida aks ettirib, kamalakday tovlanadi. Yozuvchi bunga tinimsiz mehnat bilan erishgan”.
Abdulla Har qanday ijodkorning badiiy mahorati uning o‘z ona tilida yaratgan asarlarining badiiyati bilan belgilanishi tabiiydir. Zero, ona tilining lisoniy imkoniyatlari, albatta, ijodkor yaratgan asarlar saviyasidan kelib chiqib baholanadi, tahlil va talqin etiladi. Abdulla Qahhor badiiy asar tiliga, shu jumladan hikoyalari tiliga ham, juda katta mas’uliyat bilan qaragan, bu borada tinimsiz izlangan, mashaqqatli mehnatning barchasiga chidagan. Buning isboti sifatida o‘zi tomonidan aytilgan quyidagi so‘zlarni aytgan: “Kitobxonga bir fikrni anglatish yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak. Surat oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo‘r berib, o‘zining tabiiy holatini buzganday, yozuvchi chiroyli va “qoyil qilib yozishga” behuda zo‘r bersa, adabiy asar uchun zarur bo‘lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi” – deydi adib. Har bir kitobxon kitob o‘qiyotganida, uning uchun eng asosiy narsa bu – asarning aniq, sodda va tushunarli yoritib berilganligidir. Abdulla Qahhor o‘z hikoyalarida esa, barcha voqea-hodisalar ochiq bayon etilgan va shu bilan kitobxon qalbiga oson va tez kirib boradi. To‘g‘ri, badiiyat orqali o‘quvchi qalbiga kirib borish ancha oson kechadi. Ammo haqiqiy ijod ahli mavzu tanlashda ham muhimi to‘g‘ri yo‘lni tanlashi lozim. U tanlagan yo‘l jamiyat hayotining eng dolzarb masalalariga qaratilishi zarur.
Yozuvchi hikoyalarining mazmuni aniq, qisqa, ravon bo‘lganligi uchun boshqa yozuvchilardan farq qiladi. Masalan, o‘tmish tasvirlangan “Dahshat” hikoyasi ham qisqa, lekin unda hamma detallar me’yorida qo‘llangan. Avvalo, u badiiy ijodning u yoki bu namunasini shunchaki shuhrat qozonish yoki obro‘ orttirish uchun emas, mashaqqatli mehnat, tinimsiz izlanishlar bilan yuzaga keladigan natija ekanini adib juda yaxshi bilardi. U jahon adabiyotida e’tirof etilgan, tan berilgan N.V.Gogol, A.P.Chexov kabi ulug‘ rus yozuvchilarining hikoyanavislik sohasidagi mahoratini chuqur o‘rganib, o‘zlashtirgan.
Adibning hikoyalari odamni o‘ziga benihoyat jalb etadi va uni o‘qigan odam qayta-qayta o‘qigishga ishtiyoqi ortadi. Chunki, u reallikka asosida yozilgan. Hayotiy voqea esa shubhasiz, har bir kitobxonni o‘ziga jalb eta oladi. Yozuvchi o‘sha davrdagi hayotni hikoyalariga joylagan.
Muqaddas hadislarda ham onalar va ahli ayollar doimo ulug‘lanib kelingan:
“Sizlarning yaxshiliklaringiz o‘z ahl-ayoliga yaxshi munosabatda bo‘lganlaringizdir. Men sizlardan ko‘ra ham o‘z ahl-u ayolimga yaxshiman. Xotinlarni faqat yaxshi odamlargina izzat-ikrom qilur, ahl-u ayollarning faqat yomon odamlarginaxor-u zor qilur”, - deyiladi.
Ammo insoniyat yaratilibdiki, ayollarga bo‘lgan munosabatlarni har doim ham ijobiy deya olmaymiz. Jamiyatdagi o‘zgarishlar, insonning o‘z dunyoqarashi, qarashlardagi farqlar bu muammoning turli ko‘rinishlarini keltirib chiqaradi.
Mohir so‘z ustasi Abulla Qahhor ham mazkur masalaning turli xil muammolarini o‘z asarlarida o‘ta noziklik bilan ochib bera oladigan ijodkor deyish mumkin. Abdulla Qahhor “Dahshat” hikoyasi orqali ham ana shunday jiddiy mavzuga o‘ta sinchikovlik bilan yondashib, ayollarning oilada, yaqinlari orasida, shuningdek, jamiyatda ham nechog‘li o‘rni bor yoki yo‘qligini mahorat bilan ko‘rsata oladi.
Binobarin, hikoya Olimbek dodxo obrazi orqali yozuvchi ayollarga nisbatan juda shafqatsiz bir personajni yaratadi.
“ - Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo‘lsa berar edim, - dedi Unsin
Bu gap dodxoga tegib ketdi.

  • Nima kerak?

Unsin indamadi. Dodxoning savoli javobsiz qolishi mumkin emas edi. Shuning uchun bittasi gunoh qilsa, hammasi baravar kaltak yeydigan kundoshlar Unsinni turtkilashdi.
-Javob bersang-chi!
-Tildan qoldingmi?!
Abdulla Qahhor dodxo obrazi orqali zolim bir inson xarakterini ochib berish barobarida “qo‘liga qamchi olib Unsinni “qayering qichidi”ga solmadi” iborasi orqali uning ayollarga nisbatan qanchalar qattiqqo‘l ekanligi ko‘rsata oladi.
Ayniqsa qabristonda ham Unsinga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘ldan dodxoning quyidagi tasvirlaarda ham kuzatish mumkin:
“Unsin yelkasiga maymun mingan daqiqalarda naqadar qo‘rqqan bo‘lsa, hozir shu qadar tinchidi, xotirjam bo‘ldi: demak, qanday berahm bo‘lsa ham shu atrofda odam bor!”
Yozuvchi yuqoridagi tasvir yo‘sini orqali hikoyalarga epik asarlarga xos kontrast usulidan ham unumli foydalanadi. Va shu tasvir orqali asar qahramoni holatini to‘la ochib bera oladi.
Yozuvchi dodxo obrazi orqali faqat o‘z hukmini o‘tkazadigan, boshqalarning qarashlarini, ayniqsa ayollarning, nazar-pisand qilmaydigan xudbin kishilar qiyofasini yaratadi. Uning uchun “ona”, “ayol”, “volida” tushunchalari mavjud emas. Eng achinarlisi shundaki, qanday aybi borligidan qat’iy nazar har gal agar biror xotini xato qilsa, u hammasi teng kaltaklaydi.
“Unsin hushidan ketgan ekan, bir vaqt ko‘zini ochib qarasa, sandalning chetida chalqancha yotibdi, tepasida Nodirmohbegim yig‘lab o‘tiribdi. Uning o‘ng ko‘zi momataloq bo‘lib shishib ketgan, oq doka ro‘molining u yer-bu erida qon tekkan edi”.
Adabiyotshunos H. Karimov tomonidan, “Dahshat” hikoyasidagi tasvirlarda yozuvchining dalillash mahoratida ayrim kamchilikar ham bor, deya yengil tanqid qiladi. Biroq, bu tanqidlar o‘z asosiga ega emas. Sababi, hikoyadagi har bir personaj tomonidan aytiladigan gap, voqealar oldindan rejalashtirilgandek, uning tagida esa katta haqiqat ko‘rinadi. Hikoyadagi kundoshlar obraziga e’tibor qaratsak, ular bir-biri bilan xuddi opa-singillardek bo‘lishadi. Bunda ham haqiqat bor, aslida. To‘g‘ri, qadim o‘tmishdan hozirgi kunga qadar hech bir kundosh bir-biriga el bo‘lgan emas. Bir-biriga dushman bo‘lib, raqibidan ustun bo‘lishni istaydi. “Dahshat”dagi kundoshlar munosabati unday tasvirlanmaydi. Nodirmohbegim Unsindan ko‘p yordamini ham, maslahatini ham ayamaydi. Bu masalada ham Abdulla Qahhorning dalillash mahorati yuksak darajada namoyon bo‘lganligi yirik adabiyotshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. Demak, Abdulla Qahhorning hikoyalarining puxtaligi va dalillash mahoratining g‘oyat yuksakligi bilan ko‘pchilik hikoyanavislarga ibrat bo‘lib qoldi. Shu boisdan uning barcha asarlari yuksak baholangan.
Ko‘rinadiki, Abdulla Qahhor qalamga olgan har qanday mavzular, eng avvalo, uning o‘ziga tinchlik bermagan, hayotdagi kuzatishlari samarasi o‘laroq, yechimini topish zarur bo‘lgan g‘oyalarni qamrab olgan. Abdulla Qahhor hikoyalarida tasvirlangan ayollar obrazi muntazam hayot mashaqqatlariga bardoshli, o‘z erki, baxti yo‘lida kurashuvchan ayollar obrazlariga boydir.
“Sinchalak”dagi Sa’dani olasizmi, “Ming bir jon”dagi Masturani olasizmi, “Dahshat”dagi Unsin-u Nodirmohbegimni olasizmi-barcha-barchasi o‘z fikriga ega, hayotning barcha sinovlariga chidamli ayollardir. Ularning qonida kurashuvchanlik ustun. Abdulla Qahhor ana shu yuraklardagi cho‘g‘ni ko‘ra olgan va juda kata mahorat bilan tasvirlay olgan.
Hikoya kurash g‘oyasi faqat Unsin timsoli bilangina chegaralanmaydi, balki bu isyon Nodirmohbegim obrazi bilan ham to‘ldirilib boradi.
Hajm jihatdan kichik bo‘lgan jikoyalarda Abdulla Qahhor o‘zi tanlagan mavzularni kata mahorat bilan ochib bera olgan. Bu yozuvchining iste’dodi hosilasi deyish mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, Abdulla Qahhor badiiy asar tiliga, shu jumladan hikoyalari tiliga ham, juda katta mas’uliyat bilan qaragan, bu borada tinimsiz izlangan, mashaqqatli mehnatning barchasiga chidagan. Shu yo‘nalishda qilinadigan ishlarda o‘zini ham ayamagan, boshqa ijodkorlarga ham katta talablar qo‘ygan, hamisha badiiy tildagi soddalik va tabiiylikni birinchi o‘ringa qo‘ygan va shuning uchun kurashgan. Buning isboti biz tahlilga tortgan qator hikoyalari va o‘zi tomonidan aytilgan quyidagi so‘zlar bo‘lishi mumkin: “Kitobxonga bir fikrni anglatish yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak. Surat oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo‘r berib, o‘zining tabiiy holatini buzganday, yozuvchi chiroyli va “qoyil qilib yozishga” behuda zo‘r bersa, adabiy asar uchun zarur bo‘lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi”.

Adabiyotlar

  1. A.Qahhor “Sarob”. Asarlar. 5 tomlik. 1-tom. – T., 1987 yil.

  2. A.Qahhor. Tanlangan asarlar. – T., 2007 yil.

  3. A.Qahhor. O’tmishdan ertaklar. Asarlar. 5 tomlik. 3-tom.1988 yil.

  4. A.Qahhor “Zamondoshlari xotirasida” – T., 1987 yil

  5. A.Qahhor. “Anor” hikoyalar to’plami. Toshkent, 2005 yil.

  6. U.Normatov “Mahorat sirlari” T., 1983 yil.

  7. “Jahon adabiyoti”, 1998 yil, 1-son.



Yüklə 24,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin