DONNI QAYTA ISHLASHDA BARABANLI QURITGICHNI LOYIHALASH Reja: KIRISH ASOSIY QIM 2.1. Don va don maxsulotlarini qayta ishlash 2.2. Donni qayta ishlashda barabanli quritgi va undan foydalanish 2.3. Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish Insoniyat qadimgi davrlardan boshlab o’zini yaxshi yashashi uchun tinimsiz izlangan. Izlanishlar mobaynida juda ko’p kashfiyotlarni amalga oshirgan.
Insoniyatni eng buyuk kashfiyotlaridan biri don ekinlarini madaniylashtirisb, ularni urug’ini dalaga ekib, ko’p miqdorda don yetishtirishni o’rgandi. Insoniyatni yana bitta buyuk kashfiyoti bug’doy donidan un tayyorlab, bu undan non va non maxsulotlarini tayorlab bo’ldi. Insoniyat izlanishlarni davom ettirib, dondan yorma tayyorlashni o’rgandi. Bugungi kunda donlardan tayyorlangan yormalar odamlarni kundalik ozuqasi bo’lib hisoblanadi. Hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddalar (oqsil, yog’lar, uglevodlar va boshqalar) yashil o’simliklardan, xususan, donli ekinlardan olinadi. Shu bois donning xalq xo’jaligidagi ahamiyati beqiyos bo’lib, o’ziga xos sifatlari bilan alohida qadrlanadi. Turli o’simliklarning meva va urug’lari xalq xalqxo’jaligida xilma-xil maqsadlarda ishlatiladi. Makkajo’xori, arpa, soya, oq jo’xori va boshqa ekin donlari texnik ishlab chiqarishning qimmatli xomashyosi hisoblanadi. Don va uning qayta ishlangan maxsulotlari pivo, kraxmal patokasi spirt ishlab chiqarish sanoatida o’z o’rnini topgan.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilikdan qat’iy nazar hozirgi kunda har bir xo’jalik rahbari, muhandislik, mutaxassis, ishchi-xodimga xomashyo, mahsulot sifati va uning yaxshilanishi haqida jiddiy talablarni ko’ndalang qo’ymoqda. Agar sohada boshqaruv tizimi tubdan o’zgartirilib fermerlik harakatini shakllantirilishi davlat tomonidan mavjud yer resurslarini oqilona foydalanish, aholini oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini miqdor va sifat darajalari bilan ta’minlashga qaratilgan. Mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash mutaxassislar tomonidan nazariy bilim va amaliy tajribalarni chuqur o’zlashtirish davr talabiga aylanganligini dunyo tajribalari ko’rsatmoqda. Fermer xo’jaliklariga o’zi yetishtirgan xomashyoni saqlash va qayta ishlash uchun davlat tomonidan me’yoriy-huquqiy baza va zarur shart-sharoitlar yaratadi. Yetishtirillayotgan meva-sabzavot, poliz, paxta va g’alla mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga nafaqat yarim fabrikat, balki sifatli tayyor mahsulotlarini eksportga chiqarish imkoniyatlari mavjud. Yaratilgan bazalardan to’laroq faydalanish uchun qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashda chet elning ilg’or texnologiyalari ishlab chiqarishda qo’llash yuqori samara beradi. Fan va texnikani shiddatli ravishda rivojlanish ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, texnalogiyalarini mukammallashuvi, sifatga bo’lgan talablarni oshirib, olimgan hosilni saqlash va uni qayta ishlashda texnologiyalarni yangi usullarini qo’llash ishlab chiqarish talabiga aylanmoqda.
Yildan yilga g’alla yetishtirish ko’payib respublikamizda ichki bozor to’liq don va don mahsulotlari bilan ta’minlab, g’alla eksport qilishga erishildi. Bozor iqtisodiyti sharoitida sifat samarasi, iqtisodiyotning asosiy strategiysi bo’lishi shart. Joylarda xomashyoni saqlash va qayta ishlashni yo’lga qo’yib yirik va kichik ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvatlash, yangi innovatsion texnologiyalarni qo’llash iqtisodiy samaradorligini va sifatni taminlashga imkon yaratadi. Xomashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulotlaarni xususiyatlarini yaxshi biladigan, ishtimoi-iqtisodiy va huquqiy bilimlar bilan qurollangan malakali, mutaxassislarga bozor iqtisodiyoti sharoitida talab kuchayib boradi. Bu yo’nalishda kursni chuqur o’qish, o’rganish mukammal bilim muhum ahamiyat kasb etadi.