Silliq (donli) bug’doy. Mo’rt bo’lmagan boshoq o’qiga (poyasiga) ega. Doni yanchilganda boshoq va gul qipig’idan ajraladi. Silliq bug’doy guruhiga quyidagi bug’doy turlari kiradi: yumshoq bug’doy (Tr. Vulgare Host), qattiq bug’doy (Tr. Durum Desf ), polyak bug’doyi (Tr.Polonicum L.), turgidum bug’doyi (Tr. Turgidum L), mitti bug’doy (Tr.compactum Host) va boshqalar.
Qobiqdor (donli) bug’doy. Mo’rt boshoq o’qi (poyasi)ga ega. Pishib yetilganda don boshoq o’qining muayyan qismi bilan birgalikda sinib tushadi va yanchilganda boshoqning shu qismidan ajralmaydi. Qobiqdor bug’doy guruhiga quyidagi bug’doy turlari kiradi: bir donli madaniy bug’doy (Tr. Monococcum L), emmer (Tr. Dicoccum Schiibl), spelta bug’doy (Tr. Spelta L ) va hokazo.
Yumshoq yoki oddiy bug’doy ( Trticum Vulgare Host) jahon ziroatchiligida eng keng tarqalgan asosiy bug’doy turi. Boshog’I uzun, g’ovak yuza qismi ancha keng. Boshoq qipiqpari keng, gul qipiqlari unchalik mahkam yopilmagan. Qipiqli boshoqlarida, odatda, qiltiq boshoqdan qisqa bo’lib, yon tomonga o’sgan.
Boshoqlari 2-5 gulli bo’lsa ham,odatda, faqat 2-3 gulda don hosil bo’ladi. Popuklari yaqqol ko’rinib turgan donlarda murtak birmuncha kengaygan bo’ladi. Qattiq bug’doyga qaraganda, murtak deyarli sezilarsiz. Don shakli xilma-xil ko’rinishlarga ega bo’lib, cho’zinchoq, tuxumsimon, ovalsimon, bochkasimon shakllarda bo’ladi. Ekilgan sharoit va naviga qarab turlicha holatda bo’ladi. Unli, yarimshishasimon va shishasimon bo’ladi. Poyasining ichi bo’sh, 5-6 ta bo’g’imi bor. Bahorgi, yarimkuzgi va kuzgi shakllari mavjud. Bu tur juda ko’p navlarga ega.
Yumshoq bug’doy: qiltiqsiz (a) bug’doy doni tuzulishi: a-cho’zinchoq;
Va qiltiqli (b) boshoqlar b-tuxumsimon; d-ovolsimon;
e-bochkachasimon
Qattiq bug’doy (Triticum durum Desf). Boshoqlari yirik, mustahkam joylashgan,
qirqimda kvadrat yoki birmuncha siqiq. Boshoq qipiqlari uzunligi tashqi gul qipiqlari
singari bo’lib, uzun qiltiqlarga ega. Qiltiqlar boshoqdan ham uzun.
Boshoq qipiqlari uzun qirrali. Boshoqlari ko’p gulli bo’lsa ham faqat 2-3 tasida don
hosil bo’ladi. Doni yirik, uzunchoq, ko’ndalang kesimda sezilar-sezilmas burchaakli,
ko’pincha shishasimon bo’ladi. Donni yuqoridagi qismidagi popukchasi sezilar darajada
murtagi yaqqol ajralib turadi.
qattiq bug’doy bug’doy donlari: a-yumshoq, b- qattiq
Qattiq bug’doyning faqat bahorgi turi ekiladi, ammo qattiq bug’doyning kuzgi navlari ham uchraydi. Jahon ziroatchiligida qattiq bug’doy barcha ekinlarining 5-10 % ini tashkil qiladi, xolos. Qattiq va yumshoq bug’doylar juda ko’p turlarga ega. Bu turlarni bir-biridan farqlash uchun morfologik belgilarni yaxshi bilish talab etiladi
Qiltiqlilik,ya’ni boshoqda qiltiqlarning mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligi;
boshoq qipiqlarining tukdorligi yoki tuklarning bo’lmasligi;
boshoq rangi;
qiltiqlar rangi;
donning rangi.
Yumshoq va qattiq bug’doy turlarining morfologik belgilari
|
|
Boshoq
|
|
|
Don
|
Turlar
|
qiltiqlilik
|
qiltiq
rangi
|
tukdorlik
|
rangi
|
Rangi
|
Yumshoq bug’doylar
Grekum (Graecum)
|
Qiltiqli
|
Oq
|
tuksiz
|
oq
|
Oq
|
Eritrospermum
(Erythrospermum)
|
Qiltiqli
|
Oq
|
tuksiz
|
oq
|
qizil
|
Ferrugineum
(Ferrugineum
|
Qiltiqli
|
Oq
|
tuksiz
|
qizil
|
qizil
|
Sezium
(Caesium)
|
Qiltiqli
|
Kulrang
|
tuksiz
|
qizg’ish
fonda
kulrang
|
qizil
|
Gostianum
(Hostianum)
|
Qiltiqli
|
Qizil
|
tukli
|
oq
|
qizil
|
Albidum (Albidum)
|
qiltiqsiz
|
_
|
tuksiz
|
oq
|
Oq
|
Lutessens (Lutescens)
|
qiltiqsiz
|
_
|
tuksiz
|
oq
|
qizil
|
Milturum (Milturum)
|
Qiltiqiz
|
_
|
tuksiz
|
qizil
|
qizil
|
Velutinum (Velutinum)
|
qiltiqsiz
|
_
|
tuksiz
|
oq
|
qizil
|
Qattiq bug’doydan
Gordeifotme
(Hordeifome)
|
Qiltiqli
|
Qizil
|
tuksiz
|
qizil
|
Oq
|
Melanopus
(Melanopus)
|
Qiltiqli
|
Qora
|
tukli
|
oq
|
Oq
|
Turgidum bug’doyi (Triticum turgidum L.) Boshoqlari oddiy yoki sershoh bo’lib, qattiq bug’doy boshog’iga o’xshaydi, deyarli doimo qiltiqli. Doni qisqa, dumaloq, ko’pincha undor. Yarimkuzgi va bahorgi shakllari eng keng tarqalgan. Ko’proq O’rtayer dengizi mamlakatlarida yetishtiriladi.
Mitti bug’doy (Triticum compactum Host). Yumshoq bug’doyga qaraganda boshog’I qisqa va mustahkam joylashgan. Boshoq uzunligi kengligidan odatda 3 marta ko’p bo’ladi. Morfologik va ekologik belgilariga ko’ra, mitti bug’doy yumshoq bug’doyga o’xshaydi. Yaqin Sharq, Afg’oniston va Xitoyda keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |