Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash reja: kirish asosiy qim


Bug’doy doni anatomik qismlarining o’zaro nisbati



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/14
tarix18.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#139783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
DONLI EKINLARNI MAYDALASHDA BOLG‘ALI MAYDALAGICHNI LOYIHALASH

Bug’doy doni anatomik qismlarining o’zaro nisbati. Bug’doy doni anatomik qisu mlarining vazniga ko’ra o’zaro o’rtacha nisbati quyidagicha: meva va urug’ po’sti 4,5-6,5 %, aleyronli qatlam 6,5-9,5 %, murtak 1,5-3,0 %, mag’iz 83-85 %. Ammo ko’rsatilgan qismlar orasidagi nisbat sezirlarli darajada o’zgarishi mumkin. Tashqi belgilariga ko’ra yetarli to’liqlikdagi don mag’zining miqdori 77 % dan 87 % gacha o’zgarishi mumkin, bu esa o’z navbatida, navli un tortishda mahsulot chiqishiga ta’sir ko’rsatadi.
Turli xil bug’doy doni vazniga ko’ra o’zaro nisbati
Oliy naturali bug’doy donning hajmiy og’irligi 785 g/l .dan ortiqcha bo’ladi, yuqori naturali donning hajmiy og’irligi 765-784 g/l. gacha o’rtacha naturali don 725-764 g/l , past naturali donning hajmiy og’irligi 725 g/l past bo’ladi.
Bug’doy doni pishib yetilmagan, sovuq urgan yoki toshbaqa-kana bilan zararlanganligi sababli 600 g/l dan 650 g/l gacha hajmiy og’irlikda bo’lsa uning qiymatidan 15 % chegirilib qolinadi. 600 g/l dan past hajmiy og’irlikqayd etilganda uning qiymatidan 30 % chegirilib qolinadi.
Jadval ma’lumotlariga qo’shimcha sifatida shuni ta’kidlash lozimki, bug’doy donining kimyoviy tarkibi tuproq-iqlim sharoitlari, agrotexnikaviy ishlov berish va bug’doy naviga qarab, muayyan darajada o’zgarishi mumkin.
Kleykovina. Bug’doy unining nonbolik xususiyatlari, asosan, kleykovina miqdori va sifati bilan baholanadi. Kleykovina miqdori va sifati deganda – bug’doy xamirini suvga yuvulgan , suvda erimaydigan oqsildan tashkil topgan, gidratlangan gel- rezinasimon massa tushuniladi. Bug’doy kleykovinasi miqdoriga qarab sinflarga bo’linadi:
1-sinf – kleykovina miqdori 28 % dan kam bo’lmagan va sifati II guruhdan past bo’lmagan bug’doy;
2-sinf –kleykovina miqdori 25 % dank am bo’lmagan
3-sinf kleykovina miqdori 22 % dank am bo’lmagan
Agar klekovina miqdori 22 % dan kam, sifati II guruhdan past bo’lsa, bunday bug’doy ,,sinfsiz’’ deyiladi.
Kleykovina sifati quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
--rangi (oqish, kulrang qoramtir );
-mexanik xususiyatlari:
a) cho’ziluvchanlik, ya’ni ma’lum uzunlikgacha uzulmasdan cho’zilish xususiyatlari;
b) elastiklik, ya’ni cho’zilganda o’z holati va formasiga qayta olish xususiyati bo’ladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin