Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash reja: kirish asosiy qim



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/14
tarix18.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#139783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
DONLI EKINLARNI MAYDALASHDA BOLG‘ALI MAYDALAGICHNI LOYIHALASH

Shishasimonlik. Bug’doy doni mag’zining konsistensiyasi (tarkibiy tuzulish), tashqi ko’rinishining qirqimiga qarab shishasimon, yarimshishasinom yoki unsimon bo’lishi mumkin. Bug’doy doni mag’zining konsistensiyasi dondagi oqsil moddalar bilan kraxmal donachalarining bog’lanish shakliga bog’liq bo’ladi. Shishasimon mag’izlarda oqsilning muayyan qismi kraxmal donachalari bilan mahkam (jips) bog’lanishiga ega bo’lib, bu mahkamlangan oqsil qatlami deb nomlanuvchi keng qatlamni hosil qiladi. Bu oqsil qatlami jadal ishlov natijasida ham buzulmaydi. Oqsilning qolgan qismi esa yanchilish natijasida uzilib ketadi. Bumday oqsil oraliq oqsil nomi bilan yurutiladi.

Bug’doy doni mag’zining shishasimonligi: a-shishasimon, b-yarimshishasimon,
d-unsimon
Unsimon mag’izli donda mustahkamlangan oqsil qatlami juda yupqa bo’ladi. Ammo unsimon mag’izli donda shishasimon donga qaraganda oraliq oqsil qatlami qalinroq bo’ladi. Shishasimon bug’doy donida umumiy oqsil miqdori unsimon bug’doy doniga nisbatan yuqori darajada bo’ladi. Bug’doy doni mag’zining konsistensiyasi bug’doyni qayta ishlash jarayonidagi xususiyatlarini belgilab beradi. Ya’ni shishasimon mag’izli don yanchilganda olinadigan yorma miqdori ko’payadi, bu esa o’z navbatida, navli un tortishda yuqori samaradorlikga erishishni ta’minlaydi.
Bug’doy donining umumiy shishasimonligini aniqlashda shishasimon va qisman shishasimon donlar yig’indisi asos qilib olinadi. Mag’zi: a) to’liq shishasimon bo’lgan yoki b) ozroq unsimonlikga ega bo’lgan; d) ko’ndalang kesimda donning 1/4 dan ortiq bo’lmagan qismi unsimon bo’lsa, bunday donlar shishasimon don deb hisoblanadi.
Mag’iz: a) to’liq shishasimon bo’lgan b)donning ko’ndalang kesmida dondagi shishasimon 1/4 dan ortiq bo’lmaganda bunday donlar unsimon don deb hisoblanadi. qisman shishasimon donlar yuqorida ko’rsatilgan don guruhlariga xos bo’lmagan donlar bo’lib, ularning mag’zi shishasimon, ammo unsimon dog’lari mavjud bo’ladi. Shishasimonlikni aniqlash uchun tanlamasdan 100 ta don olinadi. Ularning har biri o’tkir tig’ bilan ko’ndalang o’rtasidan kesiladi, kesim konsistensiyasiga qarab, u yoki bu guruhga ajratiladi. Shishasimonlik foizlarda ifodalanadi.

Bug’doyning umumiy shishasimonligini aniqlashning mehanizatsiyalashtirilgan usullaridan ham foydalanish mumkin. Bunda farinatom asbobida 50 yoki 100 pichoq bilan kesilib, maxsus uyachalarga qo’yiladi. Bundan tashqari, diafanoskop asbobi bilan ham don shishasimonligi aniqlanadi, bu asbobda shishasimonlik donni yoritish va o’tayotgan yorug’lik yordamida tekshiriladi. Ma’lumki, shishasimon danlar shaffof bo’lib, unsimon donlar yorug’likni o’tkazmaydi va qorong’I bo’ladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin