Tayyorlanadigan va taqsimlanadigan bug’doyni belgilangan standartlar bo’yicha tasniflash I-II-III-IV turkumlarda boshqa bug’doy donlarining miqdori 10 % dan ortiq bo’lmagan miqdorda ruxsat etiladi. V turkumda esa 5 % gacha mumkin.
JAVDAR. G’alla qabul qilish korxonalarining labaratoriyalarida va uning qayta ishlovchi muassasalarida umumiy-majburiy sifat ko’rsatkichlari sezgi organlari yordamida (orgonoleptik), namlik, omborzararkunandalaridan zararlanganlik, ifloslanganlik va hajmiy og’irligi aniqlanadi. Agar javdar doni partiyasi tarqatiladigan javdar standartiga muvofiq tahlil qilingan, bundan keyin kichik don miqdori ham aniqlanadi. Don partiyasida begona o’tlar urug’idan javdar alangasi, dala bo’tako’zi, zararli aralashmalardan- qorakosov eng ko’p uchraydi.
Hozirgi kunda javdar doniga ikki xil standart talablari amal qiladi: OST VKS7065-,,Oziq-ovqat uchun yetishtiriladigan javdar’’ va OST VKS7076 - ,,Oziq-ovqat uchun tarqatiladigan javdar’’. Biologik shakli va yetishtiriladigan tumaniga qarab, javdar uch turkumga ajratiladi: kuzgi shimoliy, kuzgi janubiy va bahorgi.
Tahlil qilinganda javdar partiyasi tashqi ko’rinishiga qarab, uni turkum va kichik turkumlarga xosligini aniqlab bo’lmaydi. Shu sababdan javdarning turkum va kichik turkumchalari hujjatlatga asoslanib belgilanadi.
Yetishtirilgan javdar ikki xil guruhga ajratiladi: a) asosiy konditsiyalarga mos keluvchi; b) chegaraviy konditsiyalarga mos keluvchi javdar. Tarqatiladigan javdar esa hajmiy og’irligi, namligi bo’yicha holati, 1,2x20 mm. li elakdan o’tuvchi kichik donlar va aralashmalar miqdoriga bog’liq holda 5 xil sinfga ajratiladi. Standartlarda esa javdar namlik, ifloslanganlik darajasi va begona aralashma, donli aralashma tarkibiga ko’ra bo’linishi ko’rsatib o’tilgan.
Insonning non iste`mol qilishi orqali oziq moddalar va quvvatga bo’lgan ehtiyojini qondirish darajasini aniqlash uchun misol tariqasida o’rta statistik katta yoshdagilarga mo’ljallab ishlab chiqilgan me`yorlardan foydalanishimiz mumkin. Bunda shartli ravishda odam bir kunda 300 g «O’zbekiston» qolipli bug’doy nonini (100 % «O’zbekiston» bug’doy uni, 1,5 % presslangan achitqi, 1,5 % tuzdan tayyorlangan), 100 g «Prezident» nonini (85 % sidirma javdar uni, 10 % ikkinchi navli bug’doy uni, 5 % fermentlashtirilgan javdar solodi, 0,5 kg presslangan achitqi, 1,5 kg tuz, 10 % shakar va 1,5 % ziravorlardan tayyorlangan) va 100 g «Qatlama» patirini (100 % birinchi navli bug’doy uni, 1,5 % presslangan achitqi, 1,5 % tuz va 12 % margarindan tayyorlangan), hammasi bo’lib 500 g non mahsulotlarini iste`mol qiladi, deb qabul qilamiz.