Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash reja: kirish asosiy qim


Non mahsulotlari tarkibidagi oqsillarning inson organizmi ehtiyojini qondirilishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə10/14
tarix18.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#139783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
DONLI EKINLARNI MAYDALASHDA BOLG‘ALI MAYDALAGICHNI LOYIHALASH

Non mahsulotlari tarkibidagi oqsillarning inson organizmi ehtiyojini qondirilishi
Ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki, yuqorida ko’rsatilgan non navlaridan 500 g.ni iste`mol qilish, inson organizmining oqsillarga va aminokislotalarga bo’lgan talabini sezilarli darajada qoplash imkonini beradi. Bunda oqsillarga bo’lgan kunlik ehtiyoj (90 g) 43,2 %ga, o’simlik oqsillariga bo’lgan talab (40 g) 97,3 %ga, alohida aminokislotalarga bo’lgan ehtiyoj esa 18,7 dan 60,8 %gacha qoplanadi. Lizin va metioninga bo’lgan talab to’liq qondirilmaydi (28,2 % va 18,7 %). SHuning uchun nonning oqsil qiymatini oshirishda quyidagilar asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi:

  • non mahsulotlarida oqsil miqdorini oshirish uchun ishlatiladigan unga nisbatan oqsilga, ayniqsa, unda kam miqdorda saqlanadigan kamyob lizin va metioninga, boy bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo’shish;

  • tanlangan oqsil boyitgichlarni sinchiklab o’rganish va ularda inson organizmida yuz beradigan fiziologik jarayonlarga salbiy ta`sir qiladigan moddalarning bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.

Nonga hayvon mahsulotlarni qo’shish bilan oqsil miqdorini oshirishda sut mahsulotlaridan - tabiiy sut, quruq yog’sizlantirilgan sut va sut zardobidan foydalangan ma`qul. Ayniqsa, quyultirilgan va quruq sut zardobini qo’llash afzalroq va samarali hisoblanadi. YOg’sizlantirilgan quruq sutda bug’doy uniga nisbatan oqsillar 3,6 marotaba, lizin - 7,8 marotaba, metionin - 5 marotaba, kalsiy laktat ko’rinishdagi kalsiy - 48 marotaba, V2 - 22,5 marotaba ko’p miqdorda mavjud.
Novvoylikda sut mahsulotlaridan nonning oziqaviy qiymatini oshirish, ta`mini yaxshilash, eskirishining oldini olish maqsadida foydalaniladi. Sut mahsulotlaridan foydalanish unning sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Quyidagi sut mahsulotlaridan novvoylikda keng foydalaniladi:
- tabiiy mol suti;
- quritilgan tabiiy sut;
- yog’sizlantirilgan quruq sut;
- sut zardobi (tabiiy, quyultirilgan, quritilgan);
- tvorog.
Quyultirilgan zardob tvorog va pishloq zardobini vakuum apparatlarda bug’latish bilan olinadi. U bir jinsli quyuq modda, och sariq rangning yashil tusida bo’lib, undagi quruq moddalarning miqdori 30, 40, 60 % ni, kislotaliligi 450-600°T ni tashkil qiladi. Quruq zardob tabiiy zardobni quritish yo’li bilan tayyorlanadi. quruq zardob gigroskopik mahsulot bo’lib, undan quruq moddalar miqdori 95 %ni tashkil qiladi. Quruq zardobning eruvchanligi 95-98 % ga yaqin.
Nonning oqsillilik qiymatini oshirish uchun hayvon mahsulotlari, baliq uni va qon oqsilidan ham foydalanish mumkin. Buning uchun o’simlik mahsulotlaridan soya unidan foydalanish qulaydir. Soya donida bug’doynikiga nisbatan oqsillar 3 marta, lizin 6 marta, metionin esa 3 marta ko’p miqdorda mavjud.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin