Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash reja: kirish asosiy qim



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə9/14
tarix18.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#139783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
DONLI EKINLARNI MAYDALASHDA BOLG‘ALI MAYDALAGICHNI LOYIHALASH

Nonning energetik qiymati har qanday boshqa oziq-ovqat mahsuloti kabi 100 g mahsulotning inson organizmida o’zlashtirilishi natijasida hosil bo’ladigan energiya miqdori bilan belgilanadi.
Nonning energetik qiymatiga quyidagi omillar ta`sir etadi:

  • mahsulotdagi suv va quruq oziqaviy moddalar miqdori. Nonda quruq moddalar qanchalik ko’p bo’lsa, uning inson organizmida ajratadigan quvvat miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi;

  • oqsillar, uglevodlar va lipidlar quruq moddalarining nisbati, miqdori va ularning 1 g inson organizmida ajratadigan quvvatning miqdori (oqsillar-4,0 kkal|g yoki 16,75 kJ|g, uglevodlar-3,75 kkal|g yoki 15,7 kJ|g, lipidlar-yog’lar-9,0 kkal|g yoki 37,7 kJ|g ).

Misol tariqasida jadvalda har xil unlardan tayyorlangan 100 g turli non navlarini quvvat qiymatlarining miqdori keltirilgan. Ushbu jadvalda misol tariqasida qabul qilingan 3 nav non mahsulotlari bayon etilgan energetik qiymatlarining miqdorlari.
Zamonaviy nuqtai nazardan alohida oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibidagi aminokislotalar miqdori qanchalik talabga javob berishini aniqlash uchun etalon sifatida ideal oqsil tushunchasi qabul qilingan. Bunday oqsilning 1 gramida quyidagi aminokislotalar mavjud (mg. da): izoleysin 40, leysin 70, lizin 55, metionin va sistinning jami 35, fenilalanin va tirozinning jami 60, triptofan 10, treonin 40 va valin 50. Ko’rinib turibdiki, ideal oqsilning tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar bilan bir qatorda 2 ta almashinadigan aminokislota ham kiradi: sistin (metionin bilan birgalikda) va tirozin (fenilalanin bilan birgalikda). Bu ikki juftning har biri birgalikda inson organizmida ma`lum vazifani bajarsa kerak.
Hayvon oqsillari (tuxum, sut, mol, parranda va baliq go’shtining oqsillari) aminokislota tarkibi bo’yicha o’simlik oqsillariga, ayniqsa, don, un va non oqsillariga qaraganda ideal oqsilga yaqinroqdir. SHuning uchun insonning bir kunlik umumiy oqsilga bo’lgan ehtiyojidan tashqari hayvon oqsiliga bo’lgan ehtiyoji ham hisobga olingan (15-jadval).
Biz shartli ravishda odam bir kunda 300 g «O’zbekiston» qolipli bug’doy nonini, 100 g «Prezident» nonini va 100 g «Qatlama» patirini, hammasi bo’lib 500 g non mahsulotlarini iste`mol qiladi, deb qabul qilgan edik. Bu non mahsulotlari tarkibidagi inson organizmi ehtiyojini qondirish uchun kerak bo’lgan oqsillar va aminokislotalarni miqdori hamda bu miqdordagi moddalar inson organizmini ehtiyojini qondirish darajasi to’g’risida ma`lumotlar jadvalda keltirilgan.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin