Asqad Muxtor nazmini o‘z davrida falsafiy xarakterdagi she’riyat, deb baholashgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi A. Muxtorning o‘zbek adabiyotshunoshligidagi tashabbuskorligi XX asrning 60-yillaridanoq romanchiligimizga “shafqatsiz realizm” ko‘rinishlarini olib kirganligida namoyon bo‘ladi. “Chinor” romani haqida. Bu asar muallifga katta shuhrat keltirgan. Asarda bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar va qissalar aralash kelaveradi. Lekin romandagi barcha insoniy taqdirlar 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. U asar markazida turuvchi obrazdir. Romandagi mungli qissalardan biri “Qo‘rqoqlikning to‘lovi”dir. Unda qo‘rqoqni qahramon deb bilib, astoydil e’zozlayotgan odamlar tasviri berilgan. Asarda Akbarali holati quyidagicha tasvirlangan: “Yolg‘izlik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u yolg‘iz. Xayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech narsa yo‘q. O‘sha voqealarni xayolidan kun-bakun o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi…”. Romandagi “Odam deb o‘lgan odam - tirik” gapi Ochil buva tomonidan, “O‘zini deb yashagan – o‘lik” gapi Akbarali tilidan aytilgan. Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva( u Akbaralini ovozidan tanib qoladi, uni “mo‘rt barg” deydi), Azimjon, Akbarali G‘oziyev (u o‘z dardini bufetchi Sonyaga aytib bergan, o‘z joniga qasd qilgan), Bektemir, Sharofat xola(Akbaralining onasi) va boshqalar. Savol va topshiriqlar: 1.Asqad Muxtor hayoti va ijodi to‘g‘risida gapirib bering. 2. Asqad Muxtorning qanday she’rlarini bilasiz?
3. “Chinor” romanigi Akbarali obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi?
4. Konda Akbaralining o‘rnida Siz bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? 5. O z qilmishidan qiynalayotgan Akbarali nega onasiga yoki do‘stlariga dardini ayta olmaydi? 6. Akbarali o‘z joniga qasd qilib to‘g‘ri yo‘l tutdimi?
5-dars. Said Ahmad hayoti va ijodi Reja: 1.Said Ahmad – hajviy hikoya va miniatyuralar ustasi. 2.Adib qissalari 3.“Ufq” trilogiyasi