Abdulla Qahhor



Yüklə 349,19 Kb.
səhifə32/35
tarix03.12.2023
ölçüsü349,19 Kb.
#172178
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Abdulla Qahhor. Anor [kitoblar pdf]

1939-yil


TO‘Y


Nahot kishi shunday xushchaqchaq olamdan ketsa.


Lermontov

Mo‘ljal to‘y emas, «to‘rtta odamning oldiga bir tovoq osh qo‘yib, elga ma’lum qilib qo‘yish» edi. Mahalla choyxona- sining mudiri Sobirjon bundan xabardor ekan, kuyov bilan kelinning qattiq qarshiligiga qaramay, ishni katta qilib yubordi. Mana endi, ko‘rib turibsiz, hovliga odam sig‘maydi. Tikuv- chilar artelining havaskor sozandalari to‘garagi butun jamoasi bilan kelgan. Mahalla hay’atining raisi Turg‘unoy «Jazoyir»da yo‘rg‘alab yuribdi...


Kuyovning qayerda ekanini hech kim bilmaydi. Kelin uyga qamalib olgan – na yolvorganga ko‘nadi, na aldaganga –
chiqmaydi va Sobirjonni qarg‘aydi. Boyadan beri «Voy, shar- manda! Voy, sharmanda!» deb u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurgan bir kampir Sobirjonni chetga tortib:

  • Shu ish sendan lozim emas edi! Xayr, qilg‘ilikni qilding, endi ikkovini ko‘pchilik o‘rtasiga olib chiqaman deganing nimasi, hammaga kalaka bo‘lsinmi? – dedi.

Sobirjon, o‘zi tajang bo‘lib turgan edi, achchig‘i keldi:

  • Bezgak pashshaga o‘xshab g‘ing‘illay bermang! – de- di, – bu yerga kelganlar kelin bilan kuyovni kalaka qilgani keliptimi? Kalaka qilgani kelgan odamlar shuncha to‘yona bilan keladimi?

  • Axir, ayb bo‘ladi, bolam! Ikkovi qaysi yuzi bilan bu yerga chiqib o‘tiradi!

  • Nimasi uyat? Bundan chiqdiki, «uyat» bo‘ladi deb kuyovni siz qochirgan ekansiz-da? Hali kelin ham sizning gapingizga kirib uydan chiqmay o‘tiriptimi? Kiring hozir, kelinni olib chiqing!

  • Jon bolam, o‘rgilay... ikkovini xijolatga qo‘yma!

  • Kiring deyman!.. Kirmaysizmi? Hozir to‘yni majlisga aylantirib, masalangizni qo‘yaman!

  • Mening nima masalam bor ekan?

  • Ruhoniylik qilib to‘yni buzayotipti, tartibga chaqirilsin, deyman.

  • Shu ruhoniylikka kirar emishmi? Aytsang ayta ber, bari- bir hech kim ishonmaydi. Ro‘zaga qarshi tushuntirib yur- ganimni hamma biladi. Erkaklarga ham tushuntirganman...

  • Bo‘lmasa... bo‘lmasa, o‘ziga er chiqmaganiga kuyib, birovning to‘yini buzmoqchi, deyman. Aytolmaymanmi? Yo‘q, deng! Yo‘q, deng!

  • Jinni bo‘lma, bola!

  • O‘rtoqlar! – dedi Sobirjon. Hamma jim bo‘ldi. Kampir qo‘rqqanidan yugurganicha kelinni olib chiqqani ketdi. – O‘rtoqlar! Hozir mahallamizning faol ashulachilaridan o‘rtoq Shukurjonov «Keldi ayyomi bahor» degan ashulani aytib bersin degan ko‘ndalang taklif tushdi. Qarshilar yo‘qmi? Demak, betaraf ham yo‘q... O‘rtoq Shukurjonov, marhamat qiling!

«Keldi ayyomi bahor» pirovard bo‘lgandan keyin kampir kelinni boshlab chiqdi. Kelin kattakon doka ro‘molga burkan-
gan, sekin, kishi bilmas, devorning tagidan borib, ayollar to‘piga o‘tirdi. Boyagi kampir hayal o‘tmay kuyovni ham topib keldi. Kuyov qattiq qarsaklar ostida borib kelinning yoniga o‘tirdi.
Ikkalovi o‘tiribdi. Kelin – Xadicha xola ro‘molini qansha- rigacha tushirgan, borgan sari yerga qapishib ketayotibdi. Kuyov – Qurbon ota cho‘kka tushgan, ikki qo‘li tizzasida, xuddi surat oldirayotganday hech qimirlamaydi, har zamon kelinni tirsagi bilan turtib sekin «qomatingni ko‘tarib o‘tir», deb qo‘yadi.

    • O‘rtoqlar! – dedi Sobirjon, – ijozat berasiz, o‘rtoq Qurbon ota bilan Xadicha xolaning turmush qurishlariga bag‘ishlangan bu kungi to‘yimizni yana bir marta ochiq deb e’lon qilishga! To‘yni ochiq deb e’lon qilish bilan birgalikda shuni aytmoqchi bo‘lamanki, o‘rtoqlar, Qurbon ota kim va qanday edi? Bu to‘g‘rida o‘zlari tarjimayi hollarini aytganda gapirib berarlar. Lekin, o‘rtoqlar, men ham qisqacha to‘xtab o‘tmasam... tars yorilib ketaman!

Qurbon otaning hayoti notiq qonib so‘zlagunday voqea- larga boy ham emas. Uning yigitlik hayotining yakuni shuki,
«bu dunyo bo‘lmadi, endi oxiratdan ham quruq qolmay» deb, o‘zini o‘zi Saidahmadxon degan eshonga nazr qilgan. Bu eshon birov bilan so‘zlashganda o‘zini xuddi kimga qaysi jannatdan o‘rin berish to‘g‘risida xudo bilan so‘zlashib kelganday tutardi. Shuning uchun bir yili uzoq safarga otlanib, «yur» degan edi. Qurbon ota «qayerga, nima uchun» deb so‘rab ham o‘tirmay, oldiga tushdi. Bir yurtga borishdi. Bu yurt Afg‘oniston bo‘lib chiqdi. Qurbon ota yana necha yillar eshonning xizmatida bo‘lib, bevaqt kuchdan qoldi. Bu yerda kechirgan hayotining yakuni shu bo‘ldiki, «payg‘ambarimiz oltmish uch yoshlarida yer ostiga kirganlar, men nima qilib yuribman», degan fikrga kelib, piriga maslahat soldi. Pir «bu o‘yni xudo ko‘nglingizga solipti», dedi, chunki uning uchun endi Qurbon ota yer ostiga kiradimi, yer ustida yuradimi – baribir edi. Qurbon ota hali oltmish uchga kirmagan bo‘lsa ham «ikki-uch yil nari-yu beri» deb yer ostiga kira qoldi, orada bir necha oy o‘tgandan keyin qarasa ikkala oyog‘i shol bo‘lmoqchi! Qurbon ota buni yaqinlashib kelayotgan qazo alomati deb o‘yladi-da, tug‘ilib o‘sgan yerlarini, qavm-u qarindosh va tanish-bilishlarini
sog‘indi, «bir siqim tuprog‘im begona yurtda qolib ketmasa ekan», degan o‘yga bordi. Bu o‘yini piriga aytgan edi, piri yana «bu o‘yni xudo ko‘nglingizga solipti», dedi.
Qurbon ota qolgan umrini o‘z yurtining yeri ostida o‘t- kazishni niyat qilib, o‘lar holatda keldi. Qavm-qarindoshlari uning tirik ekaniga suyunishdi, niyatini eshitib toza kulishdi. O‘sha zamonda o‘lib ketgan xolavachchasining o‘gay o‘g‘li shifokor bo‘lgan ekan, uni urishib-urishib kasalxonaga joylab qo‘ydi. Kasalxonada yaqin ikki oy yotib oyoqlari tuzaldi, o‘zi juda tetiklandi. Kasalxonadan chiqqanidan so‘ng shifokor bir kuni mahallada o‘zi tashkil etgan ateistlar to‘garagining mashg‘ulotiga olib bordi va ma’ruza o‘qib, «Mana sizlarga jonli misol», deb ko‘rsatdi, keyin bolalar bog‘chasiga qarashli boqqa bog‘bon qilib qo‘ydi.
Xadicha xola bilan uning orasidagi oqibati to‘yga borib yetgan munosabat bir hazildan boshlandi. Xadicha xola ham shu bog‘chada ishlar edi. O‘tgan yili bahorda nimadandir gap chiqib, «siz tayyor oshga bakovul bo‘ldingiz, bu turmushga biz osonlikcha erishganimiz yo‘q», degan mazmunda hazil qildi. Shu gapni boshqa odam aytsa, albatta, Qurbon otaga qattiqroq tegar edi, ko‘ngli tortib yurgan odami aytgani uchun xafa bo‘lmadi, ammo hazilga hazil tarzida... sho‘xlik qildi.
Qurbon ota, ayniqsa Xadicha xola, Sobirjon mana shu to‘g‘rilarda ham gapirar deb xavotirda edi, xayriyat, so‘zini tamomlaydiganga o‘xshab qoldi.

  • Mana shunday, o‘rtoqlar! – dedi. – Burun zamonda bularga o‘xshagan qarilar emas, hatto yoshlar ham har doim o‘lim kutib, kechalari kalima o‘girib yotar edi, ya’ni ayt- moqchi bo‘lamanki, yashashdan ko‘ra ko‘proq o‘lish to‘g‘risida o‘ylar edi. Bugungi kunda ko‘ramizki, o‘rtoqlar, oltmish sakkizga kirgan Qurbon ota turmush qurmoqda. Kishi qay vaqtda turmush quradi? Shu vaqtda turmush quradi, qachonki, u o‘rtoq... bu to‘g‘rida Qurbon otaning o‘zlari ma’lumot berib o‘tadilar.

Qurbon ota ko‘kragidan bir narsa uzilib qorniga tushganday bo‘ldi, o‘zi uzun bo‘ynini yana ham cho‘zdi, bir-ikki yutindi, ko‘zlarini pirpiratib, atrofiga qaradi. Hamma kutar edi.

  • Sobirjon, o‘g‘lim, – dedi sekin o‘rnidan turar ekan,– sizlar so‘ranglar, men javob beray. O‘zim gapirolmayman,

o‘rganmaganman... Men, endi, gapirsam o‘sha boylar, eshonlar to‘g‘risida gapirsam bo‘ladi, boylarning, eshonlarning yomonligini aytib, tushuntirsam bo‘ladi... Kecha Turg‘unoy «hali ham kambag‘allar boylarga uy solib o‘ziga kafan puli ishlaydigan yurtlar bor», dedilar. O‘sha kambag‘allar tushunmagan kambag‘allar, o‘shalarga ham tushuntirish kerak. Otamizga ming-ming rahmatki, o‘zi azob chekib, bizlarni azobdan qutqazdi. Davr-darmonimiz yashasin! Hammalaring yashanglar... Sobirjon, murodi hosil bo‘lib, qattiq olqishlar ostida kuyov bilan kelinga bir qadahdan vino tutdi. Qadahni ikkovi ham dadil oldi, baravar ko‘tardi va ikkovi ham, uning taxir ekanini endi bilganday, aftini burishtirib, bir-biriga qaradi. Наг mahallada bitta-ikkita «qo‘tir echki» bo‘ladi-ku, bu yerda ham bittasi o‘tirgan ekan. U hammasiga ham chidab o‘tirgan ekan-u, ikkovining vino ichganiga toqat qilolmadi, etagini qoqib o‘rnidan turdi, burilib ketayotib bir narsa deganday bo‘ldi – gapirdimi, ichi quldiradimi – bilib bo‘lmadi. Sobirjon o‘yin-kulgini boshlab
yubordi. Kuyov ham, kelin ham endi undan xafa emas edi.



Yüklə 349,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin