Yo o‘lishim kerak, yo o‘ldirishim kerak! – dedi titrab- qaqshab.
Qanday yomon ish ekanki, boshqa yo‘l topolmaysiz?
O‘tiring.
Boshqa yo‘l yer sharining o‘rtasiga million tonnalik bomba qo‘yib portlatish! Mumkinmi bir dona piyola ber- sangiz!
Yigit portfelidan bir shisha vino olib, xotinning hayhay- lashiga qaramay, ikki piyolani ustma-ust shimirdi.
Men yigit-a? Husn kerak bo‘lsa birovdan qarz olgunday emasman. Menday bir kishining xotini begona bir odam bilan hammomga tushgan bo‘lsa... nima qilish kerak?
Qachon? – dedi xotin hayron qolib. – Bugun deysizmi? Xotiningiz bugun ertalab soat oltida Samarqandga uchdi- ku. Mening kelinim bilan birga ketdi! O‘zim chiqib ku- zatib qo‘ydim.
O‘n minutdan keyin yigit xotinining har qanday shubhadan рок ekaniga, hammom haqidagi gapning tuhmatligiga tamom ishondi va suyunganidan bu xotinning boshidan, yelkasidan, qo‘llaridan o‘pdi.
Bu yigitni behuda koyishdan qutqarganiga xotin ham xursand bo‘ldi. Yigit yana bir piyola vino ichdi, yana xotinning qo‘lidan o‘pgani intildi. Xotin bu safar o‘zini tortdi va o‘rni- dan turib, chiroqni yoqdi.
Bas endi, uka, ichmang! – dedi.
Ichmang? Siz ham ichasiz. Iching!
Yigit ko‘p shilqimlik qila bergandan keyin xotin qochib narigi uyga kirib ketdi. Vinoni ko‘tarib yigit ham kirdi. Birpasdan keyin xotinning tovushi eshitildi:
Go‘zal yigit so‘ljayganicha qaytib chiqdi va portfelini olib, jo‘nadi. U qayg‘uga qolib yo‘1-yo‘lakay o‘ylar edi.
«Yomon bo‘ldi... Bu alvasti xotinimga albatta aytadi. Shu falokatdan ham eson-omon qutulsam, endigittan nari xotinimga tanish ayollarga qo‘l uzatmayman...»