ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 656 www.ares.uz ularnig portretlari, ichki dunyosi, tabiat manzaralari, hamma – hammasini
yozuvchining tili va dilidan bayon qiluvchi “hokimlikka” ega nutqdir. Hokim nutq
badiiy asarning g‘oyaviy yo‘nalishi va qahramonlar xarakterini ochishga xizmat
qiladi.
Biz badiiy asarlarda muallif nutqining ahamiyatini o‘rganar ekanmiz, o‘zbek
milliy romanchiligi asoschisi A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanida muallif
nutqining juda antiqa shakliga duch keldik.
- “Kumushbibi uyqudan turib favqulodda bir holga uchraydi: bir kechada
hammaning tushiga “to‘y”kirib chiqqan.
- To‘y uchun yangi ko‘rpalar qoplamoqchi bo‘ladilar, par to‘shaklar olmoqchi
bo‘ladilar, kuyov uchun qanday kiyim yarashmog‘i ham bahs qilinar, Oftob oyim
eriga oltin kamar olmoqqa buyuradir... Tavba, demay chora yo‘q: Oftob oyimning
kuyovlari kim, qaysi qizlarini erga beradilar, ularning Kumushbibidan ham boshqa
qizlari bormi? Ularning qizlari yolg‘iz, demak, Kumush erga beriladir...
- Tushunarli gap emas:
- Erga kim tegadir?
- Kumush!
- Kumushbibi kuyovni yoqtiradimi, yo‘qmi? Bu to‘g‘rida uning fikrini bilish
kerakmi, emasmi?
- So‘zlashish ham kerak emas, bildirish ham.
- Nega?
- Chunki odat shul? Kumush ota –ona yoqtirgan kishiga rozi bo‘lish uchun
majbur”
Mazkur badiiy nutq bayonini o‘qigan kitobxon, albatta, ikki qahramon
so‘zlashayotgan dialog bo‘lsa kerak, deyishi mumkin. Sinchiklab e’tibor bersangiz,
bu nutqda hech qanday qahramonlar ishtirok etmayapti. Qizig‘i shundaki, yuqoridagi
ko‘chirmani yozuvchi qahramonlar nutqiga ham yuklashi mumkin edi. Ammo
Kumushbibining uyqudan uyg‘onishi, bir kechada hammaning tushiga tuy kirib
chiqishi, tuy uchun yangi ko‘rpalaru par to‘shaklarni tayyorlash kabi badiiy
tasvirlarni faqatgina hokim nutq izohlab berishi mumkin. Izohdan anglashiladiki,
muallif nutqining milliyligi har bir so‘z va iboralarda yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Sharq xotin – qizlarining iffati, nafosati, go‘zalligi, hatto kuyovni yoqtirish –
yoqtirmasligi haqida u bilan so‘zlashish kerak emasligi, balki odat shul ekanligi
muallif nutqida ishonarli qilib berilgan.
Bundan tashqari, “Qudalarni kutib olish” bobida shunday bir jumla bor:
“Kumush salom berdi va qo‘lidagi paranjisini yerga tashladi, yugurib kelib o‘zini
O‘zbek oyimning quchog‘iga otdi. O‘zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab