ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 657 www.ares.uz olgan, yuzidan shap-shap o‘pib, aylanib, o‘rgilar va tikilib-tikilib nima uchundir
yig‘lar edi...»
Garchi yozuvchi bu o‘rinda «nima uchundir» so‘zini ishlatsa ham, kitobxon
O‘zbek
oyimning
«nima
uchun
yig‘lashini»
juda
yaxshi
tushunadi.
O‘zbek oyimday sodda va sofdil ayol Kumushning go‘zalligini, uning bo‘lakcha
jozibasini, tortinchoq, uyatchan tabassumini ko‘rganida o‘zining nohaqligini, unga
nisbatan qilgan adolatsizliklarini, uni baxtsiz qilib qo‘yganini tushunmasligi mumkin
emas edi. O‘zbek oyim, soddadil ayollarga xos bir sezgirlik bilan buni tushungan va
o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, ko‘z yoshi to‘kar va bu bilan Kumushdan
kechirim so‘rar edi.
Shu o‘rinda adabiyotshunos olim Izzat Sultonning “... badiiy asardagi muallif
nutqi dastavval axborot xarakterga egadir”, degan fikriga qo‘shilgan holda o‘z
qarashlarimizni ham aytib o‘tsak. Bizningcha, muallifning nutqi “axborot
xarakteridan” iborat bo‘lsa, asarning badiiy ta’sirchanligiga putur yetadi. Shunday
ekan, yozuvchi muallif nutqida qahramonlarning ma’lum bir vaziyatdagi holati,
milliy sharoit ta’sirida uning ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni badiiy
tasvirlaydi.
XULOSA Yuqoridagi fikrlarimizdan ko‘rinib turibdiki, Abdulla Qodiriy ijodida milliylik
ikki yo‘nalishda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, adib barcha asarlari, xususan,
“O‘tkan kunlar” romani badiiy niyatiga mavzuni o‘z ona yurti, ona xalqi tarixi,
mentalitetidan kelib chiqib ifodalash orqali erishadi. Ikkinchidan, mavzu, g‘oya,
obraz yechimi islom ma’rifati hamda jadidchilik ta’limotiga yo‘g‘rilgan va bu esa
milliylikni yanada chuqurlashtirgan.
Bundan tashqari , adib folklor asarlarining umumiy ruhidan ilhom olib, o‘zi
yaratgan obrazlar xatti-harakatida, ularning faoliyatini tasvir-lashda oilaviy-maishiy
muhit, xalqning urf-odatlari va marosimlaridan oziqlanib ijod qildi. Albatta, Abdulla
Qodiriyning folklor an’analariga munosabati bevosita emas, balki bilvosita soniyaga
ega. Ana shunda ham adib o‘zi yaratgan obrazlarning realistik qiyofasini ishonarli
aks ettirishda, romanlar konfliktini hayotiy asoslarda rivojlantirish va hal etishda xalq
og‘zaki ijodi an’analariga murojaat etdi. Aniqroq qilib aytganda, Abdulla
Qodiriyning folklor an’analaridan foydalanishi sintezlash asosida amalga oshdi.
Adib asarlariga diqqat bilan yondashilsa, ularda xalq hayotiga oid lavhalar,
ayniqsa, folklorga xos komik obrazlarni o‘z asari tarkibiga singdirib yuborganligi
sezilib turadi. Uning “O‘tgan kunlar” romanidagi qiziqchi va masxarabozlarning