ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 654 www.ares.uz
ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng ko‘lamda aniq-ravshan tasvirlanadi.
Romandagi uchlik - oshiq, ma’shuqa va ag‘yor, bir qarashda, an’anaviy ishq
dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy
kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zo‘r mahorat bilan ko‘rsatiladi. Asardagi juda
kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” - ishq-muhabbat
tuyg‘usiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi. Otabek bilan
Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojiaviy sahnalar kishini chuqur o‘yga
toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy
davrni - Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko‘z oldimizda
gavdalantiradi. Ayni damda o‘lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat,
qoloqlik va o‘zaro ichki nizolardir, degan fikrni g‘oyat ustalik bilan asarning
mazmun-mohiyatiga singdiradi.
“O‘tgan kunlar” romani mehnatkash xalqqa chuqur hurmat ruhi bilan
sug‘orilgan. Yozuvchi Hasanali, usta Olim, Saodat, To‘ybeka, Oybodoq singari
mehnatkash xalq vakillari obrazlarini mehr bilan tasvirlagan. Jumladan, Yusufbek
hojining xizmatkori Hasanali uddaburro, tadbirli, sadoqatli, aqlli, g‘amxo‘r, vijdoni
pok, mehribon - umuman oddiy insonga xos eng yaxshi fazilatlarni o‘zida
mujassamlantirgan kishi obrazi sifatida kitobxon hurmatiga sazovor bo‘ladi. «O‘tgan
kunlar» romanida xotin-qizlar obrazi salmoqli o‘rin egallaydi. Yozuvchi xotin-
qizlarning Kumushbibi, Zaynab, O‘zbek oyim, Oftob oyim, Saodat, Oybodoq,
To‘ybeka, Xushro‘ybibi, Jannat kampir kabi o‘nlab xilma-xil obrazlarini yaratgan.
Muallif Homid, Xushro‘ybibi, Jannat kampir, Musulmonqul, Azizbek, Sodiq kabi
murakkab obrazlarni ham zo‘r mahorat bilan yaratgan. Asarda, Kumushbibi
vafodorlik, go‘zallik va samimiylikning ramzi bo‘lsa, Xushro‘ybibi ichi qoralik va
shumlik, battollik va yomonlik, behayolik va urshqoqlik, o‘jarlik va xudbinlik
timsolidir.
Dostları ilə paylaş: