YAKUNIY NAZORATNING O‘TKAZILISH TARTIBI Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat Registrator ofisi tomonidan elektron platformada yaratilgan nazorat jadvaliga asosan belgilangan vaqtda o‘tkaziladi.
Talaba tegishli fan bo‘yicha attestatsiya haftaligi o‘tkaziladigan muddatga qadar joriy nazorat, oraliq nazorat va mustaqil ta’lim topshiriqlarini topshirgan bo‘lishi shart.
Talaba modlee platformasida joriy nazorat, oraliq nazorat va mustaqil ta’lim topshiriqlarini topshirmagan, shuningdek ushbu topshiriqlar va nazorat turi bo‘yicha «0-29,9» ballar oralig‘ida ball olgan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, ushbu nazorat turi bo‘yicha «0-29,9» oralig‘ida ball olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Mazkur fan bo‘yicha yakuniy nazorat testko‘rinishida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratilgan.
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI Yakuniy nazorat savollari semestr davomida o’tilgan ma’ruza, amaliy, seminar va mustaqil ta’lim mashg’ulotidagi barcha mavzular yuzasidan testlar tuziladi.