Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
O’zlashtirish natijalarini baholash
JN ning mustaqil topshiriqlar turlari va balli- (10) -TAqdimot tayyorlash -2bal -Tarqatma material tayyorlash -1ball ( 2ta topshiriq) -ko’rgazmalar tayyorlash-1bal -Referat tayyorlash-1ball-(2ta topshiriq) Tezic tayyorlash- 2bal ON ning mustaqil topshiriqlar turlari va balli- (10) Maqolalar tayyorlash va chop ettirish- 10ball Yoki Referat tayyorlash – 1x2 Buklet tayyorlash -1x2 Test bankini yaratish- 1x2 Keys ishlab chiqish- 2x2 IV.2. Mustaqil ta’limni o‘zlashtirish tartibi. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan portfolio va taqdimotlar tayyorlash tavsiya etiladi. Mustaqil ta’limni tayyorlashda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi” fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda talabaga quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: • Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; • Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; • Tarqatma materiallardan foydalangan holda fanni to‘liq o‘zlashtirish; • Maxsus adabiyotlardan foydalangan holda fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; • Fanning talaba tomonidan o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarini va mavzularini chuqur o‘rganish; • Masofaviy ta'limdan foydalanish va hokazo. Mustaqil ta'lim talabalarga oldindan berib qo‘yilgan mavzular bo‘yicha referat, diagrammalar chizish va tahlil qilish; jadvallarni to‘ldirish, qo‘shimcha ma'lumotlar to‘plash orqali amalga oshiriladi
| 5.
| V. Ta`lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalar. Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari fanining nazariyasi va metodikasini asoslarini, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida belgilangan bolalar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish mazmunini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni ratsional yo‘lga qo‘yish va tashkil etishda ishlar tizimini qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘lish mazmuni; to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishi; Bolalarni har tomonlama (pedagogik, psixologik, estetik, ekologik, huquqiy, mehnat va kasbga doir bilimlarni berish jarayonini tashkil etish yetuk bo‘lishi, bolalarda ilk yoshda va maktabgacha yoshda har tomonlama rivojlantirishning o‘ziga xosligini, bolalarni rivojlantirish jarayonida bolalarni faolllikka, tashabbuskorlikka o‘rgatish metodlarini o‘zining amaliy qo‘llay olishni bilishi, ko‘nikma hosil qilishi; Bolalarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan faoliyatni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borish va matematik tasavvurlarini rivojlantirishda o‘z tajriba va malakalarini to‘g‘ri qo‘llay olishni bilishlari va tegishli malakalariga ega bo‘lishlari lozim
|