Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA 
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 
“Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
S.B. Shermuxamedova 
 
Davlat va huquq asoslari o`qituvchilari 
uchun metodik tavsiyanoma
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT - 2016 



 
 
 
 
 
 
Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil 
30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
Tuzuvchi: S.B. Shermuxamedova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
kafedrasining katta o`qituvchisi 
Taqrizchilar: 
S.X. Akkulova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta 
o`qituvchisi
M.Yu. Ahmedova – Sergeli tumanidagi 303- maktab o`qituvchisi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



...Xalqimizning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilishi lozim... zero mustaqillik
so‘zining zamirida ham katta, ulug‘ hu- 
quqga ega bo‘lish degan tushuncha yotadi. 
 I.Karimov. 
 
 
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston o‘z oldiga huquqiy 
– demokratik davlat qurish vazifasini maqsad qilib qo‘ydi. Bizga ma'lumki, 
demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri, inson va uning sha'ni, qadr – 
qimmatining oliy qadriyat sifatida e'tirof etilishidir. Mustaqil davlatimiz bu tamoyilga 
amal qilgan holda inson manfaatlari yo‘lida bir qancha ishlarni amalga oshirdi. 
O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan bugungi yoshlarga bog‘liq. Yosh avlodnining 
har tomonlama yetuk: erkin fikrlovchi, o‘z nuqtai – nazariga ega, jamiyat hayotida 
faol ishtirok etuvchi, insonlar dardi bilan yashovchi, o‘z xalqining jonkuyar vakili 
sifatida katta hayotga yo‘nalishida albatta ta'lim tizimining o‘rni katta. Bugungi 
kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning yuqoridagi talablarga javob bera oladigan 
bo‘lishi uchun ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda 
 
Yosh 
avlodning 
huquqiy 
savodxonligini 
oshirish 
uchun 
nafaqat 
o‘qituvchilarning, balki keng jamoatchilik a'zolarining ham huquqiy savodxonligini 
oshirish, huquqiy tarbiya ishlariga oila – mahalla – ta’lim muassasalari tizimini keng 
jalb etish zarur. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul 
qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” Milliy Dasturida aholining 
huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, barcha fuqarolarning huquqiy ongli va 
huquqiy madaniyatli bo‘lishlariga erishish ko‘zda tutilgan edi. Buning uchun 
hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
 
2008 yil 1may kuni “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul 
qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Prezident 
Farmonida “Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini 
tanlagan O‘zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va 
davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatning eng ustuvor yo‘nalishi etib 
belgilandi”,- deyiladi.
 
Ushbu metodik tavsiyanoma umumta'lim maktablarining huquqshunos 
o‘qituvchilariga hamda huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tushunchalarni 
o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. 
Tavsiyanomada davlat va uning tuzilishi haqidagi ma'lumotlar, huquqga oid 
tushunchalar, shuningdek, hayotda tez-tez uchrab turadigan yuridik atamalar va 
tushunchalar, diyorimizda qabul qilingan ayrim qonunlar savol-javob tariqasida 
tuzildi va unda berilgan testlar huquqiy savodxonlikni oshirishga hamda, huquqiy 
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi degan umiddaman. 
 
Ushbu tavsiyanoma ona diyorimiz erkin fuqarolarining jamiyat hayotida teng 
huquqliligi, barchaning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonun oldida 
barcha fuqarolarning tengligini ta'minlashga erishish yo‘lida, har bir insonning 
huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi degan maqsadida tayyorlandi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin