4
1. Jamiyat nima?
Jamiyat arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “
uyushgan, birlashgan” degan
ma'nolarni bildiradi.
Jamiyat – tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy
munosabatlar mahsuli.
Jamiyat – kishilar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning mahsuli bo‘lib, hayotning
ma'lum bir tashkiliyligi, mohiyati jihatidan kishilar va ularning guruhlari
o‘rtasidagi turli xil (
iqtisodiy, oilaviy, ma'naviy, sinfiy, diniy va boshqa)
munosabatlar va aloqalar yig‘indisidir.
Jamiyat muayyan ehtiyoj va manfaatlarga ko‘ra
birlashgan kishilarning
ma'lum tarzda tashkil topgan majmuasidir. Jamiyat birlashishga moyil bo‘lgan
birliklar, ya'ni guruhlar, sinflar, qatlamlardan iborat. Ammo ayrim hollarda,
odatda, iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy manfaatlar asosida, “ajrashish
kayfiyatlariga” mubtalo bo‘ladi. Davlat jamiyatning eng muhim tarkibiy
elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi.
Jamiyat bilan
davlat aslo bir narsa emas. “Jamiyat” tushunchasi “davlat” tushunchasidan kengdir.
2. Fuqarolik jamiyati nima?
Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya'ni uzviy bog‘liqlikda
hamda
ahloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega bo‘lgan
odamlardan iborat jamiyat. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning kuchi bilan, balki
uning a'zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari orqali saqlab turiladigan va qat'iy
tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zini – o‘zi yuksak darajada
tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta'siri
talab etilmaydi.
Fuqarolik jamiyatida davlat tashkilotlaridan ko‘ra jamoat tashkilotlarining
faolligi balandroq turadi. Majburlov
apparatiga kiruvchi tuzilmalar, shuningdek,
vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralari davlat tashkilotlari tizimiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining
“Bunyodkorlik yo‘lidan” asarida: “…bizning asosiy maqsadimiz – bir kishi yoki
jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustunroq bo‘ladigan
fuqarolar jamiyati qurishdan iborat”, - degan edi.
Fuqarolik jamiyati o‘zini - o‘zi boshqaradi
va huquqiy davlat siyosatiga,
undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta'sir o‘tkaza oladi.
Fuqarolik
jamiyati
ancha
yuksak
darajadagi
ijtimoiy
rivojlanish
ko‘rsatkichidir.
Fuqarolik jamiyati o‘z xususiyati, tabiati va asosiy sifatlari, xususan, erkinlik
va
adolatlilikka
erishish,
demokratiya
va
insoniy
munosabatlarning
mustahkamlanishiga yo‘nalganligi bilan huquqiy davlat prinsiplarining
tasdiqlanishiga yordam beradi, unga moyil bo‘ladi.
Buni quyidagi uchta omilda
ko‘rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: