Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
 
17. Ahloq bilan huquq o‘rtasida qanday farq bor?
Ahloq va huquq o‘rtasida quyidagi asosiy farqlar mavjud: 
1) Huquq normalari davlat tomonidan belgilangan va ruxsat etilgan bo‘ladi, ahloq 
normalari (ezgulik va yovuzlik, adolat va nohaqlik va h.k.) esa davlatning 
yordamisiz o‘z-o‘zidan shakllanadi; 
2) Huquq normalarida davlat irodasi, ahloq normalarida esa jamoatchilik fikri 
ifodalanadi; 


14 
3) Huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqali, ahloq 
normalari esa jamoatchilik fikri orqali amalga oshiriladi; 
4) Ahloq normalari ijtimoiy munosabatlaring kengroq doirasini (do‘stlik, o‘rtoqlik 
va hatto sevgini ham) tartibga soladi. Huquq esa ijtimoiy munosabatlarning torroq 
doirasini qamrab oladi; 
5) Huquqda xulq – atvorni baholash mezoni “qonuniy – noqonuniy”, ahloqda esa 
“halol – nohaloldan” iborat; 
6) Jamiyatdagi yozilmagan xulq – atvor qoidalarining majmuidan iborat bo‘lgan 
ahloq normalaridan farqli ravishda huquq normalari huquqiy manbalarda – qonun, 
qaror, farmon va boshqalarda yozib qo‘yiladi, ya'ni huquq normalari yozma 
shaklda bo‘ladi. 
Huquq bilan ahloq o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lib, bir – birini to‘ldirib 
turadi. 
 
 
18. Gipoteza nima?
Gipoteza yunon tilidan olingan bo‘lib, “faraz qilish”, “fikr yuritish” ma'nosini 
anglatadi. Huquqshunoslik fanida gipoteza huquqiy normaning bir qismini tashkil 
etib, ma'lum bir shart – sharoit yoki hodisa yuz bergan taqdirda huquqiy normani 
qo‘llash lozimligini ko‘zda tutadi. Gipoteza qaysi ijtimoiy munosabatlar turiga 
nisbatan qanday norma qo‘llanilishini belgilab beradi. Pensiya haqidagi qonunlarga 
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25 yil 
bo‘lgandan boshlab 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54 yoshdan 
boshlab ijtimoiy ta'minot bo‘limlari tomonidan pensiya to‘lanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin