Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Totalitar rejim nodemokratik rejim bo‘lib, uning belgilari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

Totalitar rejim nodemokratik rejim bo‘lib, uning belgilari 
quyidagilardan iborat: 
1. davlatning huquqdan ustunligi; 
2. jamiyat hayoti barcha sohalarining davlat nazoratida bo‘lishi; 
3. davlatning shaxs manfaatlariga befarqligi; 
4. jamoat tashkilotlarining davlatlashtirilishi; 
5. ijtimoiy hayotning butunlay harbiylashtirilishi; 
6. kam sonli millatlar manfaatlariga e'tibor berilmasligi. 
 
12. Huquqiy davlat qanday davlat?
Huquqiy davlat huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning 
qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va 
erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo‘linish prinsipi asosida 
tashkil etilgan demokratik davlat. 
 
Huquqiy boshqaruv huquqning ustunligiga asoslanadi va shu bois nafaqat 
rasmiy organlar va mansabdor shaxslarning maqsadlariga, balki fuqarolar va 
ijtimoiy munosabatlar sub'ektlarining huquqlari, erkinligi va manfaatlarini 
ta'minlash hamda kafolatlash zaruratini hisobga oluvchi huquqiy shakl va 
usullariga bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy davlatlarga barcha iqtisodiy, ijtimoiy va 
ma'naviy jarayonlar, shuningdek, kishilar orasidagi aloqalarga aralashuv 
begonadir. Bunday davlatlarda ijtimoiy birlashmalar faoliyatiga birqadar 
mustaqillik va erkinlik berilib, ularning haq -huquqlari mustahkamlanadi va ularga 
rioya etiladi. 
Huquqiy davlatni barpo etishdagi yutuqlar, mazkur jarayonning ko‘lami va 
sur'ati, undagi ijobiy va salbiy natijalarning o‘zaro nisbati har qanday jamiyatning 
fuqarolik jamiyatiga aylantirilishiga ko‘maklashadi. O‘z navbatida, huquqiy 
davlatning barpo etilishi va rivojlanishi jamiyatning mustahkamlanishi va 
takomillashuviga yordam beradi. Binobarin, davlatning huquqiy davlatga aylanish
jarayoni qanchalik keng va to‘la amalga oshsa, fuqarolik jamiyatini ushlab 
turadigan va unga xizmat qiladigan huquqiy tayanch va qurilmalar shunchalik 
ishonchli va salmoqli bo‘la boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy davlat 
va fuqarolik jamiyati orasida o‘zaro aloqadorlik mavjud bo‘lib, ularning biri 
ikkinchisisiz yashay olmaydi. Ularning amal qilish natijalari o‘zaro uzviy bog‘liq 
bo‘lib, bir-birlariga bevosita ta'sir etadi. 


11 
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati turli-tuman, biroq bir-biriga yaqin 
vazifalarni hal etadi. Agar huquqiy davlat o‘zining qonun hujjatlarida shaxsning 
huquqlarini mustahkamlasa, fuqarolik jamiyati unga yuqori ijtimoiy holatni 
kafolatlaydi. Mazkur holat (status) shaxs hayoti va faoliyatining turli tomonlariga 
urg‘u beradi va bir-birini to‘ldiradi. Ijtimoiy holat moddiy, tashkiliy-texnik 
imkoniyati, shuningdek, har bir jamiyat uchun xos sinfiy-guruhiy, milliy-etnik
ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur imkoniyat va imtiyozlarga 
jamiyat o‘z a'zolarini ega qiladi. Jamiyatda bunday imkoniyat va imtiyozlar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan fuqarolar shunchalik to‘laroq foydalanishi mumkin. 
Ular huquqiy holat mazmunini tashkil etuvchi imkoniyatlarni mustahkamlaydi. 
Ularsiz imkoniyatlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Davlat va jamiyat tomonidan qo‘llanadigan mas'uliyatlar institutlarining 
o‘zaro aloqadorligi shunga o‘xshashdir. Huquqiy tartibni buzuvchi shaxslarni 
davlat yuridik javobgarlikka tortadi, nohuquqiy tartibbuzarliklarga esa ijtimoiy-
ahloqiy ta'sir choralari qo‘llanadi. Bunda javobgarlikning mazkur institutlari o‘zaro 
muvofiqlikda bo‘ladi va bir-birini to‘ldiradi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin