18
Ayblilik – bunda, huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga
qodir bo‘lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni
qasddan yoki ehtiyotsizlik
oqibatida sodir etadi.
Ayb – shaxsning huquqqa xilof ravishda sodir etgan harakatiga va uning
zararli oqibatlariga ruhiy munosabati.
Jazolanish – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi
tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi.
Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga
qarab bir qancha
turlarga bo‘linadi:
1) fuqarolik – huqukiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar keltirish);
2) ma'muriy (mayda bezorilik, yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish va h.k.)
3) intizomiy (ishga kelmaslik, kech kelish);
4) jinoiy, ya'ni jinoyatlar (odam o‘ldirish, o‘g‘rilik).
Huquqbuzarlikning turiga qarab davlat majburlov choralari ham o‘zgarib
turadi. Ularning eng og‘irlari jinoyat sodir etilganda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: