Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
22. Konstitutsiya nima?
Qonunlar orasida Konstitutsiya alohida mavqyega ega bo‘lib, oliy yuridik 
kuchga egadir. Konstitutsiya – lotincha so‘z bo‘lib, “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, 
“qoida”, “tuzilish”, “yaratish” degan ma'noni anglatadi.
Konstitutsiya davlatning 
asosiy qonuni hisoblanadi. Qadimgi Rimda konstitutsiya imperator akti 
hisoblangan va qonun kuchiga ega bo‘lgan. 
XVII asrda Fransiyada bu so‘z bilan rentani, renta shartnomasini 
ifodalashgan. So‘ng yana uning qadimgi yunoncha ma'nosiga qaytishgan va bu 
atama bilan huquq tomonidan belgilab beriladigan davlat tuzilishini ifodalay 
boshlaganlar. Buyuk fransuz inqilobi arafasida “konstitutsiya” atamasi bilan 
“davlatning holati”ni aks ettira boshlaganlar. Konstitutsiya asosiy qonun 
hisoblanib, o‘z ichiga davlatning ijtimoiy, siyosiy tuzumi qonunlarining asosiy 
yo‘nalishlarini aniq tizimda begilaydi. 
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasida o‘ziga xos 
ijtimoiy shartnoma maqomiga ega. 
Dunyoda ikki xil, ya'ni yozilgan va yozilmagan konstitutsiya mavjud. 
Konstitutsiya va qonunlarni faqat parlament qabul qilishi mumkin, chunki 
ularda konstitutsiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning asosiy huquq va 


16 
erkinliklari hamda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartib - qoidalari belgilab 
qo‘yiladi.
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi asosiy o‘rin tutadi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil 
etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun 
yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi 
va aniqlashtiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning XII 
chaqiriq 11 sessiyasida qabul qilingan asosiy qonuni muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 
128 moddadan iborat. 
1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy 
Kengashi XII sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilindi. 
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston 
Respublikasining tarkibida o‘z konstitutsiyasiga ega bo‘lib, uning qoidalari 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid kelishi mumkin emas. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin