15
holatlarida qo‘llaniladigan majburiy chora. Sanksiyalar huquqiy normalarning
xarakteriga qarab: jinoiy –huquqiy, ma'muriy – huquqiy,
intizomiy, fuqarolik –
huquqiy sanksiyalarga bo‘linadi. Sanksiyaning turlari xayfsan, jarima, ozodlikdan
mahrum etish va boshqalar bo‘lishi mumkin.
21. Qonun nima?
“Qonun” tushunchasi yuridik fanlar tizimining asosiy kategoriyalaridan biri
hisoblanadi.
Qonun – umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki davlat
hokimiyatining oliy organi (Oliy Majlis, Duma, Kongres)
tomonidan qabul
qilingan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik kuchga ega
bo‘lgan normativ – huquqiy hujjat.
Qonun – normativ – huquqiy akt bo‘lganligi uchun ham, unda umumiy yurish
– turish va xulq – atvor qoidalari o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) Asosiy qonun – Konstitutsiya;
2)
Konstitutsiyaviy qonun;
3) Qonun;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari.
Qonunlar o‘z navbatida kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi.
Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – mantiqiy tizimlashtirish
xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir
sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik
kodeksi, Jinoyat kodeksi,
Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi,
Bojxona
kodeksi va h.k.
Dostları ilə paylaş: