14. Huquq nima? Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan, barcha uchun
umummajburiy bo‘lgan qonun – qoidalar yig‘indisi. Huquq - davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma'qullangan, davlat kuchi bilan
himoyalanadigan va hamma uchun umummajburiy bo‘lgan xulq – atvor
qoidalarining tizimi.
“Huquq” tushunchasi ikki ma'noda qo‘llaniladi. Ob'ektiv huquq – umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig‘indisi. Bu normalar u yoki bu
insonning, sub'ektning irodasi hamda xohish – istagidan qat'i nazar mavjud bo‘ladi.
Sub'ektiv huquq – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan
huquq. Masalan, fuqaroning ma'lum narsaga (uy-joy, avtomobilga) nisbatan mulk
huquqi.
Sub'ektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta'minlaydi, unga
mustaqillik beradi va tashabbus ko‘rsatishga imkon yaratadi. Sub'ektiv huquq
ob'ektiv huquqqa asoslanadi, ob'ektiv huquq bo‘lmasa, sub'ektiv huquq ham
bo‘lmaydi. Sub'ektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya'ni huquqdor shaxsdan
ajralmagan holda mavjud bo‘ladi.
Huquq davlat bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlatsiz huquq bo‘lishi mumkin
emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning
amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. O‘z navbatida davlat
ham huquqsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Aks holda, u ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bo‘ladi.
Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir: 1. davlat tomonidan o‘rnatilishi;
2. barcha uchun majburiyligi;
3. huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi;
4. sub'ektiv huquqlar orqali harakat; 5. davlat tomonidan himoya qilinishi.
15. Huquq normalari nima? “Norma” so‘zi lotinchadan tarjima qilingan bo‘lib, “qoida”, “namuna”
ma'nosini anglatadi.