20
ijrosini ta'minlaydi. Sud organi odil sudlov sifatida qonunlar asosida bahsli
masalalarni hal qiladi. Bu organlarning har biri ma'lum doiradagi vakolatlarga ega
va birgalikda o‘zaro bog‘langan yagona davlat tizimini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning 11 – moddasida O‘zbekiston
Respublikasida davlat
hokimiyatini tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlab
qo‘yilgan:
“O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning
qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga
asoslanadi”.
Hokimiyatning bo‘linish prinsipini demokratik davlatlarning tarixiy
rivojlanishi davomida jahon hamjamiyati ishlab chiqqan. Uning mazmuni shundan
iboratki, davlat hokimiyati funksiyalarining mustaqil davlat
tashkilotlari orasida
bo‘linishi mavjud bo‘lgandagina davlatda demokratik siyosiy tuzum o‘rnatilishi
mumkin.
Hokimiyatning bo‘linish prinsipiga muvofiq, davlatning qonun chiqarish,
ularni bajarish va odil sudlov borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog‘i –
Parlament, hukumat va sud o‘rtasida taqsimlanishi zarur.
Bunda hokimiyatning
biror tarmog‘i boshqa birining faoliyati sohasiga aralashmasligi zarur. O‘zaro bir-
birini tiyib turish, hokimiyatning barcha tarmoqlarini mutanosiblashtiradi, ularning
munosabatida ma'lum muvozanat yaratadi. Ushbu prinsipning amalga oshirilishi
xalq hokimiyatining biror guruh yoki alohida shaxs tomonidan suiiste'mol
qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni O‘zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisi, ijro etuvchi hokimiyatni esa O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Sud hokimiyati
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib,
ular birgalikda O‘zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: