21
3.
Fuqarolik huquqi;
4. Jinoyat huquqi;
5.
yer huquqi;
6. Agrar huquq;
7. Ijtimoiy ta'minot huquqi;
8. Ekologik huquq;
9. Moliyaviy huquq;
10.Fuqarolik-protsessual huquqi;
11. Jinoyat-protsessual huquqi;
12.Xo‘jalik-protsessual huquqi;
13. Mehnat huquqi;
14. Oila huquqi.
Konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqarolik va jinoyat huquqi asosiy huquq
tarmoqlari hisoblanadi.
33. Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e'tibor
qaratiladi?
O‘zbekiston Respublikasi endigan 25 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40%
ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida
davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma'naviy
rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali
oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan
bolalarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi
yaratilgan. Ta'kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston
qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiyasidir.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me'yorlar va qonunlarga tayanadi.
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni
muhofaza qilish
bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat
bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YuNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: