Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
 
23. Huquq sub'ekti nima?
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun zaruriy omilardan biri 
sub'ktiv huquq va majburiyatlardir. 
Huquqiy munosabatlar deganda, uning ishtirokchilari o‘rtasida vujudga 
keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat 
tushuniladi. 
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya'ni huquq va majburiyat egalari 
ushbu huquqiy munosabatlarning sub'ektlari hisoblanadi. Chunonchi, kuyidagilar 
sub'ektlar bo‘lishi mumkin: 
1) o‘zaro munosabatga kirishgan fuqarolar
2) davlat organlari bilan munosabatga kirishgan fuqarolar; 
3) tashkilotlar bilan munosabatga kirishgan fuqarolar; 
4) o‘zaro munosabatga kirishgan tashkilotlar; 
5) davlat organlari bilan munosabatga kirishgan tashkilotlar. 
Huquqiy munosabat sub'ektlari, avvalombor jismoniy va yuridik shaxslardir. 
 
Jismoniy shaxslar – ushbu davlat fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari 
(ajnabiylar), va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (apatridlar). 
 
Yuridik shaxslar – tashkilotlar, muassasalar, davlat organlari, davlat, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 
 
 
24. Huquqiy munosabat ob'ekti nima?
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu 
narsa ushbu huquqiy munosabatlarning ob'ekti hisoblanadi. Masalan, xaridor sotib 
olayotgan molini olish huquqiga ega, lekin xarid uchun pul to‘lashga majbur. 
Sotuvchi esa ushbu mol uchun haq olish huquqiga va xaridorga oldi-sotdi 
talablariga mos keladigan tovarni berish majburiyatiga ega. Sotilayotgan va sotib 
olinayotgan mol-mulk huquqiy munosabatning ob'ekti hisoblanadi. Huquq va 


17 
majburiyatning bunday aloqadorligi juda ko‘p huquqiy munosabatlar uchun xosdir. 
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning ob'ekti quyidagilardir: narsa – buyumlar, pul, 
qimmatbaho qog‘ozlar, ixtirolar, boshqa mol -mulk, shu jumladan, mulkiy 
huquqlar, ixtirolar, ilm – fan, adabiyot, san'at asarlari, aqliy faoliyatning boshqa 
natijalari, shuningdek, boshqa moddiy va nomoddiy ne'matlar, xatti-harakatlar. 
Shuningdek, insonning nomi, or-nomusi, qadr-qimmati, hayoti, salomatligi, tan 
dahlsizligi ham fuqarolik – huquqiy munosabatlar ob'ektlariga kiradi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin